19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yildan keyin men qurayshiy, saqifa yoki dusiy qabilalaridan bo'lmagan boshqa

arablarning hech biridan hadyasini qabul qilmayman",

deb qasam ichganlarini men eshitdim".Chunki bular hadya berganda hech narsa ta'ma

qilmay, xolisanilloh beradi. Ammo boshqa qabila kishilari esa Rasululloh (s.a.v.)ga bir

narsa berib, berganidan ko'proq narsa olshini umid qilardi. Rasululloh (s.a.v.)ning

odatlaridan biri, u zotga bir narsa hadya qilinsa, uni olib hazm qilib ketaverish emas,

balki qo'llarida bo'lsa, undan ko'ra ko'proq qilib qaytarish edi.

Ammo bu safarda shu hadya bergan kishiga shuqday qila olmaganliklari uchun u xafa

bo'ldi.

271-bob. Hayo, uyatchanlik haqida

610. Abu Mas'ud Aqaba ibn Amr Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sen

xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver, deyilgan so'z o'tmish

payg'ambarlardan meros bo'lib kelgan va keyin kishilar ham uni o'zlariga dasturu-l-amal

qilib olgan bir nasihatdir", dedilar".

611. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli xudo: "Imon oltmish

necha (ikkinchi rivoyatda yetmish necha) shu'balardan iborat bo'lib, ularning eng afzali

"Lo iloha illalloh" kalimasi bo'lsa, eng aqllisi odamlarga ozor beradigan narsalarni yo'ldan

chetga chiqarib tashlashdir. Hayo ham imon shoxchalaridan biridir", dedilar".

612. Abu Said Hudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) qadimgi

arablar odaticha uyda yolg'iz tarbiyalangan qiz boladan ham (Ibn Hajar Asqaloniy

ta'birlari bo'yicha: go'shanga ichida o'targan kelinchaqdan ham) uyatchanroq edilar.

Bizlar uni muborak yuzlarida hosil bo'lgan o'zgarishdan bilib olar edik", dedilar".

614. Usmon ibn Affon (r.a.) bilan hz. Oyisha (r.a.) Said ibn Ossga aytdilar: "Rasuli

akram (s.a.v.) hz Oyishaning ustlariga tashlab yuradigan kiyimlariga o'ralib, u zotning

to'shaklarida yonboshlab yotgan vaqtlarida Abu Bakr (r.a.) kelib kirishga ruxsat

so'radilar. Rasululloh (s.a.v.) shu yotgan holatlarini hech o'zgartirmay u kishini qabul

qildilar. Abu Bakr Siddiq (r.a.) kirib maqsadlarini aytib bo'lib chiqib ketdilar. Shundan

keyin hz. Umar (r.a.) ham kelib ruxsat so'raganlarida hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.)

kirganlarida qanday o'tirgan bo'lsalar, shunday o'tiraverdilar. U kishi ham hojatlarini

bitirib chiqib ketdilar.Hz. Usmon (r.a.) aytdilar: "Hz. Umardan keyin men kelib ruxsat

so'raganimda Rasululloh (s.a.v.) yonboshlarini buzib o'tirdilarda, Oyisha (r.a.)ga qarab:

"Kiyimlaringai yig'ishtirib qo'y", dedilar. Shunda men ham kirib hojatlarimni bitirib chiqib

ketdim. Men ketganimdan keyin hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasulalloh!

Siz nima uchun otam Abu Bakr Siddiq bilan Umar ibn Xatgobga qilmagan harakat va

muomalani hz. Usmonga kdldingiz?" - deb so'raganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Usmon

uyatchan odam, sening kiyimingga o'ralib yonboshlab yotgan holimda unga ruxsat

berganimda maqsadlarini gapira olmay, uyalib qaytib chiqib ketardi, deb qo'rqib

shunday qildim", dedilar".

615. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Hayo qaerda

bo'lmasin kishini bezaydi, chirkin so'z har qaerda kishini jirkanch ko'rsatadi", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 98

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!