19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

qilsa, o'chi olib beriladi

602-hadis 565-hadisning aynan takrori.

603. Fuadul ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Uch

toifa kishklar so'roqsiz jahannamga otiladi: 1. Islom jamiyatidan ajrab, Yaratuvchisiga

isyon qilgan osiy. 2. O'z xo'jasidan qochib ketgan cho'ri yoki qul. 3. Eri tirikchilik

asboblarini batamom to'g'rilab, safarga chiqib kettanidan keyin, o'zi-ni bejab,

begonalarga aralashib, o'z iffatini saqlamay yurgan xotin. Yana uch toifa kishilar haqida

ham so'ralmaydi. Birinchi: Alloh rabbil olaminning o'ziga xos bo'lgan katgalik va izzat

kiyimini men kiyaman, deb nizo qilgan kishi, ikkinchi: Alloh azza va jallaning ishiga shak

va shubha bilan qarovchi kishi, uchinchi: Alloh taoloning rahmatidan umid uzguvchi

kishi", dedilar.

Kattalik va izzat kiyimidan murod - men hammadan kattaman, quvvatliman, deb da'vo

qilgan kishi.

604. Bakkor ibn Abdulazizning bobolari Abdulloh ibn Abu Bakr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u

kishi ayt-dilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo har bir gunohning jazosini istasa,

qiyomat kuniga qoldiradi, ammo zulm qilish, ota-onaga oqq bo'lish va qarindoshlikni

uzish gunohining jazosini o'lishdan ilgari shu dunyoning o'zidayoq ko'rsatadi", dedilar".

605. Yazid ibn Asammudan rivoyat qilindi, u kishi dbu Hurayraning: "Sizlardan bittangiz

o'z biroda-rining ko'ziga tushgan chang-to'zonlarni ko'radiyu, ammo o'zining ko'ziga

tushgan cho'p yoki daraxt novdasini ko'rmaydi", degan gaplarini eshitdilar.

606. Muoviya ibn Kurra (r.a.) aytdilar: "Men Ma'kil Mazaniy (r.a.) bilan birga edim. U

kishi (odamlarga) ozor beradigan bir narsani olib, chetga qo'ydilar. Shunda men ham bir

narsani ko'rdimda, u kshpidan oldinroq borib, uni olib tashladim. Ma'kil: "Nima uchun

bunday qilding?" - deb so'radilar. Men: "Siz qijaningizni ko'rganimdan keyin men ham

shunday qiddim", dedim. U kishi: "Yaxshi qilding, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim

musulmonlar yuradigan yo'ldan ularga ozor beradigan narsani olib tashlasa, unga

hasana (bir yaxshilik) yoziladi. Uning hasanasi qabul qilinsa, jannatga kiradi", degan

so'zlarini o'z og'izlaridan eshshtanman", dedilar".

269-bob. Hadyani qabul qilish haqida

607. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, bu kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Birbirlaringizga

hadyalar beringlar, shunda oralaringizda muhabbat paydo bo'ladi", degan

so'zlarini rivoyat qildilar.

608-hadis 607-hadisning takrori, faqat u Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan.

270-bob. Xafa bo'lib, hadyani qabul qilmaslik haqida

609. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bani Fizoza qabilasidan bir

kishi Rasululloh (s.a.v.)ga bir ona teva hadya kdldi. Rasululloh (s.a.v.) ham unga shu

tevasiga barobar keladig'an hadya berdilar. Lekin u kishi bundan g'azablandi. Shunda

Rasululloh minbarga chiqib: "Sizlardan biringiz men-ga hadya beradi, men ham unga

qudratimga yarasha hadya bersam mendan xafa bo'ladi, menga achchiq qiladi. Endi shu

www.ziyouz.com kutubxonasi 97

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!