19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

taomdan sira yemay turib ketishdi. Keyin Abu Hurayra menga: "Ey, birodar! Qo'ylarishta

yaxshi qara, ularning yotadigan joylarini pokiza, toza tut, tumshuqlarini tozalab tur, yoki

ustlaridagi chang, g'uborlarni artib yur, yotadigan joylari atrofida namoz o'qiyver, chunki

qo'ylar jannat hayvonlaridandir. Men jonim o'z ixtiyorida bo'lgan zot nomi bilan qasam

ichib aytaman, bir vaqtlar keladiki, unda bir to'da qo'y o'z egasiga Marvon ibn

Hakamning hovlisidan ham yaxshiroq bo'lib tuyuladi", dedilar".

585. Hz. Ali (k.v.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qaysi bir

xonadonda bir bosh qo'y bo'lsa bir baraka, ikki bosh bo'lsa, ikki baraka va uch bosh

bo'lsa, ko'p barakotlar hosil bo'ladi", degan edilar".

261-bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir

586. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.):

"Kufrning boshi kun chiqar tomonda, faxrlanish va manmanlik shahardan tashqarida

yashaydigan yuzlab, minglab ot va tevalari bo'lgan kishilarda bo'ladi, viqor va tavoze'lik

esa qo'y egalarida bo'ladi", dedilar".

Kufrning boshi Sharq tomonda deganlari, vallohi a'lam, Sharq Arabistonga nisbatan Fors

mamlakati bo'lib, u yerda majusiylik rivoj topgan davrga muvofiq aytilgan bo'lsa

kerak.Ko'p ot va tevalari bo'lganlar davlatmandlik bilan g'ururlanib, boshqalarni

mensimaydilar. Ammo qo'y egalariga esa, qo'ylardagi kamtarlik, saxovatlik xislatlari

o'tar ekan.

587. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men itlar bilan qo'ylar haqida taajjublanaman.

Qo'ylardan qancha-qanchasini har yili kishilar so'iib yeydi va qanchasi Alloh taolo yo'lida

hadya-ehson qilinadi. Ammo bir urg'ochi it qancha bola tug'adiyu, lekin hisoblab

ko'rilganda qo'ylar soni itlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi, men shunga taajjub qilaman".

588. Abu Suf'yon Qurayshiy aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob mendan: "Ey Abu Suf'yon,

senga keladigan daromad qancha?" - deb so'radilar. Men: "Ikki ming besh yuz", dedim.

Shunda u kishi: "Ey, Abu Suf'yon! Qurayshning yigitlari sizlarga voliy bo'lib qolishlaridan

avval sen dehqon-chilik va chorvalardan o'zingga mulk qilib ol! Chunki ular nazdida

shundan boshqa yo'l bilan keladigan daromad mol hisoblanmaydi", dedilar".

589. Abda ibn Hazi aytdilar: "Teva egalari bilan qo'y egalari bir-birlari bilan faxrlanishdi.

Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) qo'y boquvchi bo'lsa-lar ham payg'ambar

bo'ldilar, hz. Dovud ham podachi bo'lishlariga qaramay payg'ambar bo'ldilar va men

ham Ajyoddagi ahllarimning qo'ylarini boqib yuradigan podachi bo'lganman. Shunga

qaramay Alloh taolo meni payg'ambar qildi", dedilar.

262-bob. A'robiylashish haqida

590. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Katta gunohlar yettitadir; shulardan to'rttasi

quyidagilar: ularning birinchisi Alloh taologa shirk keltirish, so'ngra in-sonni nohaq

o'ldirish, erga tekkan afifa xotinlarni zinokor deb tuhmat qilish va a'robiylashish (sahro,

dashti biyobonlarga chiqib ketish)".

Islom avvalida shunday hukm joriy bo'lgan. Ammo shahar yerlar-da biror fitna bo'lib,

www.ziyouz.com kutubxonasi 94

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!