19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

580. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasul akram (s.a.v.)

Abdulloh ibn Mas'ud bilan Zubayr ibn Avom (r.a.)ni aka-uka tutintirdilar".

581. Yana Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) mening Madinai

munavvaradagi hovlimda Quraysh (makkaliklar) bilan ansor (madinaliklar) o'rtalarida

ittifoq tuzdirdilar".

258-bob. Islom dinida ittifoq tuzish hakida

582. Amr ibn Shuayb bobolaridan rivoyat qildilar: "Makkai mukarrama fath qilingan yili

Rasululloh va'z qilmoq uchun Xonai Ka'baning zinapoyalarida o'tirib, Alloh taologa

hamdu sanolar aytdilarda, keyin: "Johiliyat zamonida kimning shartnomasi bo'lgan

bo'lsa, Islom uni o'zgartirmay, balki mustahkamlaydi. Makkai mukarrama fath qilindi,

endi Makkadan boshqa yerga hijrat qilishning hojati yo'q", dedilar".

Ya'ni bu shartioma Islom qonuniga (silai rahm qilish, mazlum-larga yordam berish

kabilarga) muvofiq kelsa, Islom dini uni o'z holicha qoldiradi, o'zgartirmaydi. Ammo

unga muvofiq bo'lmasa, uni bekor qiladi.Makka fath qilinganidan avval unda mushriklar

ko'p bo'lib, Islom diniga kirgan kishilar uchun uch xil hukm bor edi: 1. Makka-dan chiqib

ketishga qodir kishi u yerda turaversa-yu, dishpsh oshkora qilishga va Alloh taoloning

farmonlarini bemalol ijro qilishga imkoniyati bo'lmasa, Makkadan chiqib ketmog'i vojib

edi.

2. O'zi hijrat qilishga qodir va shu bilan birga din amallarini bemalol ijro qilishga ham

imkoniyati bor. Bunday odamlarga hijrat qilmoq mustahab; ya'ni hijrat qilsa, savobi bor,

agar qilmagan taqtsirda ham gunoh bo'lmaydi. 3. Bir kishi asirlik yoki betoblik kabi

uzrlari sababli hijrat qilishga imkoniyati bo'lmasa, imkoniyat toshuncha tu-raveradi. Endi

Makka musulmonlar qo'liga kirib, shirkdan toza-landi, demak, bu yerdan hijrat qilishga

hojat qolmaydi, musulmon-lar bu yerda ham endi Islom arkonlarini bajaraveradilar.

259-bob. Ilk yoqqan yomg'ir rahmatdir

583. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bizlar Nabiy muhtaram (s.a.v.) bilan birga turgan

vaqtimizda yomg'ir yog'di. Shunda Rasululloh (s.a.v.) muborak badanlaridan kiyimlarini

yechib, unga yomg'ir suvini tekkizdilar. Biz: "Yo Rasulalloh! Nima uchun bunday

qildingiz?" - deb so'raganimizda, Rasululloh (s.a.v.): "Chunki bu yomg'ir Allohning

rahmati, u Alloh azza va jalla huzuridan yangi keddi. Undan takabburlanish uchun men

shunday qildim", dedilar".

260-bob. Qo'y, echkilar barakali narsalardir

584. Humayd ibn Molik ibn Haysam aytdilar: "Men Abu Hurayra bilan Aqikdagi yerlarida

o'tirgan edim. Madina ahllaridan bir qancha kishilar ulovlarga minib kelib tushishdi.

Shutsda menga Abu Hurayra: "Onamga borib o'g'lingiz sizga salom aytdi va bizlarga

biror taom yuborsinlar, deb iltimos qildi, deb aytgin!" - dedilar. Onalari arpa unidan

yopgan uchta kulcha, ozgina zaytun moyi va tuzlarni bir idishga solib, mening boshimga

qo’ydi. Ularni olib kelib oldilariga qo'yga-nimda, Abu Hurayra: "Allohu akbar, Alloh

taologa hamdlar bo'lsinki, bizni non bilan ham to'ydirdi. Bundan ilgari bizning taomimiz

faqat xurmo bilan suv-dangina iborat bo'lardi", dedilar. Ammo u kelgan kishilar bu

www.ziyouz.com kutubxonasi 93

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!