19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yemayman va ichmayman, deb qasam ichdilar. Mana shu yilni om arromada ("kul

yoqqan yil") dyob ataladi.

574. Salama ibn Akva' (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qurbonlik qilganingizdan

uch kun o'tgach uyingizda shu qurbonlik go'shtidan biror narsa qolmasin", dedilar.

Keyingi yili sahobiylar: "Yo Rasulalloh! Bu yil ham o'tgan yildagidek qilamizmi?" - deb

so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "(Qurbonlik go'shtlaringizdan) o'zlaringiz yenglar va

kelajak kunlaringiz uchun saqlab ham qo'ysalaringiz bo'ladi. Chunki o'tgan yili kishilar

qiyinchilikda bo'lganlari uchun men ularga yordam qilmoqlaringizni iroda qilib,

yuqoridagi buyruqni bergan edim", dedilar".

"Qurbonlik go'shtidan biron narsa qolmasin" - ya'ni faqiru miskinlarga tarqatib

yuborilsin.

254-bob. Tajribalar haqida

575. Urva ibn Zubayrdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men hz. Muoviya oldilarida

o'tirgan edim. Shunda u kishi o'zlaricha nimanidir gapirdilarda, keyin ko'zlarini ochib:

"Tajriba bo'lmasa kishida halimlik va aqllilik mutlaqo bo'lmaydi", dedilar va shu so'zlarini

uch martaba takrorladilar".

576. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Kishi qoqilmay, toymay turib aqlli, xulqli bo'la

olmaydi va har bir yaxshi-yomonni boshidan kechirmay turib hakim, olim bo'la olmaydi".

577-hadis 576-hadisning aynan takrori.

255-bob. Alloh uchun taomlantirmak

578. Hz. Ali (k.v.)dan rivoyat qilindi, bu zot aytdilar: "Bir so' yoki ikki so' taomni Alloh

uchun do'st tutgan birodarlarimdan bir nechasini yig'ib kelib, shularga yedirganim men

uchun bozorlaringizga borib bir qul ozod qilganimdan ko'ra yaxshiroq".

256-bob. Johiliyat zamonida tuzilgan ittifoq

579-hadis. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) aytdilar: "Men amakilarim bilan xushbo'y

ishlatganlar muohadasida hozir bo'lgan edim. O'sha muohadani buzish uchun menga

qizil tevalar berilsa bas, men uni buzishni xohlamayman".

Ya'ni fil voqeasidan biroz vaqt ilgari Quraysh qabilasidan kelib chiqqan tuqqizta kichik

qabilalar bir joyga to'planib, asli makkalik yoki boshqa joydan kelib Makkada turib

qolgan bir kishiga birov zulm qilsa, undan o'ch olmay qo'ymaslikka ittifoq tuzishdi.

Shunda Abdul Mutallibning qizi Ummu Hakim ularga bir idishda xushbo'i narsa yubordi.

Ular shu idishga qo'llarini tiqib turib, shu muohadani buzmaslikka Ka'batulloh bilan

qasam ichishdi. Mana shu muohadani "Xilf al-mutayyibin" ("Xushbo'y idishga qo'l

tiqqanlar ittifoqi") deb ataldi.

257-bob. Aka-uka tutintarish haqida

www.ziyouz.com kutubxonasi 92

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!