19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

ko'rganligini uning o'ziga bildirsin", degan hadislari bo'lma-ganda, seni yaxshi

ko'rganligimni o'zingga aytmagan bo'lardim, dedilar. Keyin u kishi menga uylanishni

taklif qila boshladilar. "Bizda bir qiz bor, lekin uning aka-ukasi yo'q", dedilar".

"Avro" so'zi lug'atda "aka-ukasi yuq" ma'nosida ham, "aybli, axloqi yomon xotin"

ma'nosida ham izohlangan.

554. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki kishi bir-birini yaxshi

ko'rsa, ularning afzali shu birodariga muhabbati qattiqroq bo'lganidir", dedilar".

249-bob. Kishi birovni yaxshi ko'rsa, uni surishtirib yurmasin

555. Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilindi, u kishi: "Bir birodaringni yaxshi ko'rsang, u bilan

janjallashma, har ikkala tomonga yomonlikni qo'zg'atadigan hara-katni ham qilma va

uning haqida suriishtirma, chunki surishtirgan kishing uning dushmani bo'lsa, yo'q

narsalarni gapirib oralaringizni buzib qo'yadi", dedilar.

556. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh

taolo yo'lida bo'lgan bir birodarini Alloh uchun yaxshi ko'rsa va uning o'ziga "Men seni

Alloh uchun yaxshi ko'raman", degan bo'lsa va ikkalasi ham jannatga kirishga muvaffaq

bo'lsa, Alloh yo'lida bo'lgani uchungina yaxshi ko'rganning darajasi ikkinchisining

darajasiga nisbatan yuqoriroq bo'ladi", dedilar".

250-bob. Aql qalbda bo'ladi

557. Ayyod ibn Xalifadan rivoyat qilindi, u kishi Hz. Ayai (k.v.)dan: "Aql - yurakda,

rahmdillik - jigarda, mehr-shafqat taloq (qora jigar)da va nafas olish-chiqarish esa,

o'pkada joylashgandir", degan gaplarini eshitdilar.

251-bob. Takabburlik haqida

558. Abdulloh ibn Amr aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik. Shu

paytda sahroda yashaydiganlardan ipakli kiyim kiygan bir kishi kelib, Rasululloh (s.a.v.)

huzurlarida tik turgan holda bizlarga qarab: "Sizlarning birodaringiz (ya'ni Muhammad

(a.s.) ot ustida yurishni yaxshi biladigan, aqlli va tajribakor kishilarning darajasini

pastga tushirdi (ikkinchi rivoyatda: tushirmoqchi) va har bir podachining obro'sini

ko'tarmoqchi bo'ldi", dedi. Shun-da Rasululloh (s.a.v.) uning kiyimlaridan ushlab turib:

"Ustingda aqlsiz bir kishining kiyimini ko'rayo-tibman", dedilarda: "Alloh taoloning

payg'ambari hz. Nuh (a.s.) o'lish vaqtlarida o'g'lilariga xitob qilib: "Men senga vasiyat

qilaman, ikki narsaga buyurib, ikki narsadan qaytaraman. Birinchi - "Lo iloha il-lalloh"

kalimasini aytib yurishingga buyuraman, chunki butun yetti qavat osmon va yetti qavat

yerlarni torozining bir pallasiga va "Lo iloha illalloh" kalimasini ikkinchi pallasiga qo'yilsa,

bu kalima qo'yilgan palla albatta og'ir keladi. Agar yetti qavat osmon va yetti qavat

yerlar hammasi zich bir halqa bo'lsa, "Lo iloha illalloh" kalimasi ularning hammasini

mayda-mayda qilib yuboradi. Ikkinchidan, "Subhonallohu va bihamdihi" kalimasini aytib

yurishingga buyura-man, chunki bu kalima hamma maxluqotning aytadigan virdidir va

shu kalimani aytishlari tufayli Alloh taolo hammalarining rizqini yetkazadi", dedilar. Yana

hz Nuh (a.s.): "Seni ikki narsadan, ya'ni Alloh taologa shirk keltirishdan va kibrlanishdan

qaytaraman", dedilar. Shunda men aytdim: "Yo Rasulalloh! Bu shirk keltirish nimaligani

www.ziyouz.com kutubxonasi 88

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!