19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

544. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh

(s.a.v.)dan: "Allohu azza va jalla bir bandani o'ziga sevimli ikkita a'zosi (ya'ni ikki ko'zi)

bilan mubtalo qilsam, keyin u shunga sabr qilsa, badaliga jannatni beraman", degan

hadislarini eshitdim".

545. Abu Umoma (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.)

aytdilar: "Alloh taolo: "Ey, Odam farzandi! Men sening ikkita nozik a'zoyingni (ko'zingni)

olsam va shu musibatga duchor bo'lganingga sabr etsang va shunga mendan savob

umid qilsang, senga jannatdan bo'lak savob berishga men rozi bo'lmayman", deydi".

246-bob. Bemorning qaysi tarafida o'tirmoq kerak?

546. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir

bemorni ko'rgani borsalar uning boshi tomonida o'tirardilar. So'ngra yeggi martaba

"Ulug' arshning egasi bo'lgan azamatli Alloh taolodan senga shifo bermog'ini so'rayman",

deb duo qilar edilar. Agar qazo kuni yetmagan bo'lsa, u bemor dardidan shifolanib

ketardi".

547. Rabi' ibn Abdulloh aytdi: Men Hasan Basriy bilan Qutoda ibn Da'omaning dardini

so'ragani bordik. Shunda Hasan Basriy Qutodaning boshi tomonida o'tirib, undan

ahvolini so'radilar, keyin: "Ey, Alloh! Bu kishining diliga va dardiga shifo bergin!" - deb

duo qildilar

247-bob. Erkak uyida nima ish qiladi?

548. Asvad ibn Yazddan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men hz. Oyisha (r.a.)dan:

"Rasululloh (s.a.v.) ahllari uylarida nima ish bilan shug'ullanar edilar?" - deb so'radim.

Hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh (sa.v.) o'z ayollarining hamma xizmatiga qarashardilar va

namoz vaqti bo'lganda masjidga chiqib ketardilar", dedilar".

Hirvadan rivoyat qshshngan 549-hadis, Hishom otasidan qilgan 550-hadis, Amra rivoyat

qilgan 551-hadislarning barchasi Oyisha onamizdan naql qilingan bo'lib, 548-hadisning

mazmuni kabidir.

248-bob. Birovni yaxshi ko'rsa, o'ziga bildirsin

552. Miqtsom ibn Ma'di Karib aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz

birodarini yaxshi ko'rsa, yaxshi ko'rganligini unga ma'lum qilsin", dedilar".

Qars ikki qo'ldan chiqadi, deganlaridek, muhabbat ham ikki tomondan bo'lsa,

davomlidir. Ya'ni biron kishi uning salohiyati, yaxshi yo'lda borayotganligi kabi hollari

uchun yaxshi ko'rsa, uning ko'nglini ko'tarish va shu ishlarini taraqqiy ettirishga targ'ib

qilish uchun muhabbat quyganini o'sha odamning o'ziga bildirishi kerak.

553. Mujohid ibn Jubayr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh

(s.a.v.)ning sahobiylaridan bo'lgan bir kishi meni uchratib, orqa to-monimdan kelib

yelkamdan ushladilarda: "Men seni albatta yaxshi ko'raman", dedilar. Men u kishiga:

"Meni sizga yaxshi ko'rsatgan Alloh taolo sizga ham o'z muhab-batini qo'ysin!" - dedim.

Shunda u kishi Rasululloh (s.a.v.)ning: "Bir odam birovni yaxshi ko'rsa, yaxshi

www.ziyouz.com kutubxonasi 87

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!