19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

borganlarida bemordan doimo: "Ahvoling qalay?" - deb so'rar edilar va qaytganlarida:

"Alloh dardingni yengillatsin", deb duo qilar va shundan ortiqcha so'z aytmas edilar".

241 -bob. Betobning javobi

538-hadis. Ishoq ibn Said ibn Amr ibn Said otalaridan rivoyat qildilar: "Yusuf ibn Hajjoj

urushda jarohatlangan Abdulloh ibn Umar (r.a.)ni ko'rgani kirdi va: "Qalaysan?" - deb

so'radi. U: "Durust", deb javob qildi. So'ng Hajjoj: "Senga kim musibat yetkazdi?" - deb

so'ragan edi. Abdulloh (r.a.): "Qurol taqish halol emas kunda uni taqishga amr qilgan

shaxs", deb javob qiddi (Bu Hajjojning o'zi edi)".

242-bob. Fosiq ziyorat qilinadimi?

539. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.): "Mast qiladigan ichimliklar ichuvchi kishilar betob

bo'lib qolganda ularni borib ko'rmanglar", dedilar.

243. Betob erkakni ayollar ko'rishi haqida

540. Horis ibn Ubaydulloh Ansoriy aytdilar: "Men Ummu Dardoni ko'rdim. U zotning

mingan ulovlari ustida parda yo'q edi. U zot ansorlardan masjidga qatnab turadigan bir

betob kishini ziyorat qilishga borayotgan edilar".

244-bob. Bemorni ko'rgani borganda uning ayolmga qaramaslik haqida

541. Abdulloh ibn Abi Huzayl Abu Mug'ira (r.a.) aytdi: "Abdulloh ibn Mas'ud bir necha

kishilar bilan bir bemorni ko'rgani kirdilar. Bemor uyida bir xotin bo'lib, kirgan

kishilardan biri unga tikilib Qarayverdi. Shunda Abdulloh: "Bu ayolga qarab gunohkor

bo'lganingdan ko'zing teshilgani yaxshiroq edi", dedilar".

245-bob. Ko'zi og'riganda borib ko'rish haqida

542. Zayd ibn Arqam (r.a.) aytdilar: "Mening ko'zim og'rigan vaqtda Rasululloh (s.a.v.)

ko'rgani keldilar-da: "Ey, Zayd! Agar ko'zing shu holaticha qolaversa nima qilarding?" -

deb so'radilar. Men: "Shunda sabr qilgan va Alloh taolodan savob umid qilgan

bo'lardim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ko'zing shu holatida qolib, sen unga sabr qilsang

va Alloh taolodan savob umid qilsang, senga beriladigan savob jannat bo'ladi",

dedilar".543. Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilindi: "Mu-hammad degan kishining

suhbatdoshlaridan birining ko'zidyan nur ketdi. Kishilar uni ko'rgani borishganda, u: "Bu

ikki ko'zim Nabiy muhtaram (s.a.v.)ga qarashim uchun menga kerak edi. Ammo

Rasululloh (s.a.v.) bu dunyodan ketdilar. Endi menga shu ikki ko'zning nuri o'z joyiga

kelishi uchun Tabbola kiyiklaridan bitta kiyik berishga rozi bo'lasanmi, deyilsa, men rozi

bo'lmas edim", - dedi".

Tabbola - Yamandagi bir shahar nomi. Yoqut Hamaviy "Mu'jam al-butdon" ("Mamlakatlar

to'plami") nomli asarida bu Tuhomadagi Tabbola bo'lmasa kerak, deydi. Ya'ni

Tabbolaning arzimas bir dona kiyigi men uchun ikki ko'zimdan qiymatliroq bo'ladi yoki

endi ko'zsiz hayot kechiraversam ham bo'ladi, demoqchi bo'lsa kerak

www.ziyouz.com kutubxonasi 86

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!