19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Bir kishi betob odamni borib ziyorat qilsa,

Allohning rahmatida yuradi, agar u bemor yonida o'tirsa, rahmati ilohiyada joy olgan

bo'ladi", dedilar".

238-bob. Bemor oldida namoz o'qigan kishi haqida

533-hadis. Ato ibn Abi Raboh (r.a.) aytdilar: "Umar ibn Safvon betobligimni so'rash

uchun keldilar. Shunda namoz vaqti bo'ldida, Abdulloh ibn Umar ular bilan to'rt rak'atlik

namozni ikki rak'atlik qilib o'qidilar va "Bizlar musofirmiz", dedilar".

239-bob. G'ayrimuslimning betobligini so'rash haqida

534. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Yahudiylarning bir bolasi Rasululloh

(s.a.v.)ga xizmat qilib yurar edi. U betob bo'lib qolganda Rasululloh (s.a.v.) ko'rga-ni

uyiga bordilarda, boshi tomonida o'tirib: "Sen Islom dinvni qabul qil", deb taklif qiddilar.

Shunda bola tepasida o'tirgan otasiga qaradi. Ogasi esa: "Abulqosimga itoat qil. Islom

dinini qabul qil", deganidan keyin, bola musulmon bo'dtsi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu bolani

do'zax o'tidan qutqazgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin", deb bolaning uyidan chiqib

ketdilar".

535. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga kelgan

vaqtlarida Abu Bakr Siddiq bilan Bilol (Habashiy)ni isitma-bezgakushladi. Men

ikkalalarining ham huzurlariga kirib: "Otajon! O'zingizni qanday his qilayotabsiz? Yo

Bilol! Siz ham o'zingizni qanday sezayotabsiz?" - deb ahvollarini so'radim. Otam Abu

Bakrni bezgak tutgan paytda: "O'lim erta bilan O'z ahyai ayoli orasida o'tirgan kishiga

ham kelaveradi. O'lim kishiga o'z oyoq kiyimlarini bog'laydigan itstsan ham yaqinroqdir",

degan she'rni o'qidilar. Ammo hz. Bilol bezgaklari pasaygan vaqtda ovozlarini chiqarib:

"Koshki biror kecha Makkada bo'lib, atrofimda izxiru jalil degan o't-o'lanlarni ko'rish,

Majna suvlariga tushish, Shoma va Tufayl tog'larini ko'rish menga muyassar bo'lganini

bil-sam edi", mazmunidagi ikki bayt she'rni o'qirdilar. Men bu holatlarini ko'rib,

Rasululloh (s.a.v.)ga kelib aytgan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Alloh! Bizlarga Madinaning

Makka kabi yoki undan ham ko'proq muhabbatini ko'nglimizga sol, undagi

kasallarni tuzat, uning so' va maddlariga bizlar uchun barakot ber va uning bezgagini

Juhfaga yubor", deb duo qildilar".

Vodiy deb Makka shahri iroda qilindi. Izxir - xushbo'y o'simlik, jalil ham hovlilarda tikka

o'sadigan nozik o'simlik. Majna - ilga-ri bozor joy bo'lgan, u Makkadan bir necha mil

maso-fada joylash-gan. Shoma va Tufayl Makka yaqinidagi ikki tog' yoki buloq nomi.

Juhfa - Misr, Shom va mag'riblnklar hajga kelganda ehrom bog'laydigan joylarning nomi.

Juhfada Rasululloh (s.a.v.) da'vatlari-ning rivojiga qarshi kishilar bo'lgan bo'lsa kerak.

Shuning uchun: "Ma-dina bezgagini juhfaliklarga yubor", deb duo qildilar

536.Abbos (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) xastalnib qolgan bir a'robiyni

ziyorat qilib, shunday dedilar: "Sening uchun xavfli bir narsa yo'q. Inshoalloh, bu

xastaliging tufayli gunohlaring yuvilib ketsin", "Aksincha, mening isitmam zo'r. Bunga

chidashim qiyin", dedi a'robiy. "O'ylab gapir!" - dedilar Rasululloh (s.a.v.), bu bilan agar

bu xastalikni sabr va bardosh bilan qarshilamasang, gunohlaring to'kilmagay, demoqchi

bo'ldilar.537. Nofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Abdullohibn Umar (r.a.) kasal ko'rgani

www.ziyouz.com kutubxonasi 85

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!