19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

525. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a, v.) xastalikning zo'ridan butun

vujudi titrayotgan Ummu Soibning ziyoratiga bordilar. "Senga nima bo'ldi? - deb ahvol

so'radilar xotindan. "Isitma vujudimni kuydiryapti, yo Rasulalloh! Alloh uni daf' etsin",

dedi xotin. "Jim, xastalik haqida yomon so'z qilma. Bosqonning dami temirning zangini

ketkazgandek, xastalik ham mo'minning xatolarini o'chiradi", dedilar Rasululloh (s.a.v.).

526. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh

taolo qiyomat kuni bir bandaga men sendan taom so'raganimda ber-magan eding",

dedi. U banda: "Ey, Parvardigori olam! Sen mendan qanday qilib taom so'rabsan? O'zing

butun jahonning rizqlantiruvchisisanku axir", dedi. Alloh taolo: "Sen bilmadingmi?

Falonchi bandam sendan taom so'raganda bermagan eding. Agar o'shanga taom bergan

bo'lganingda, uni albatta mening oldimda topar eding", dedi. Yana Alloh taolo: "Ey,

odam bolasi! Men sendan suv so'raganimda suv bermagan eding", dedi. U kishi: "Ey,

Rabbim! O'zing rabbil olamiynsan, men senga qanday suv beraman?" - dedi. Alloh taolo:

"Bilmadingmi? Falon bandam sendan suv so'raganda bermagan eding, unga suv

berganingda, albatta uni mening oldimda topgan bo'lar eding", dedi. Alloh taolo yana:

"Ey, Odam farzandi! Betob bo'ldim, sen meni kelib ko'rmading", dedi. U kishi: "Ey, Alloh!

Sen betob bo'lmaysan, o'zing rabbil olamiynsan, men Sening betobligingni qanday

so'rayman", dedi. Alloh: "Sen bilmadingmi? Falonchi bandam betob bo'lganda borib

so'ramading. Agar borib so'ragan bo'lganingda, albatta, uni mening oldimda topar

eding", dedi".

527. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bemor kishini borib

ko'ringlar, janozalar orqasidan qabristongacha yoki masjidgacha boringlar. Chunki bu ish

sizga oxirat kunini eslatadi", dedilar".

528. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch narsa bor, ularning

hammasini bajarish har bir musulmon kishining vazifasidir. Bemor kishini borib ko'rish,

vafot etgan kishining janozasiga borish va aksa urgan kishi: "Alhamdulilloh" desa, unga

"Yarhamakalloh" ("Senga Alloh taolo rahm qilsin"), deb javob qaytarish", dedilar".

235-bob "Bemorga shifo tilamak haqida" bo'lib, unda (529-hadis) 227-bobdagi 507-

hadis mazmuni takrorlangan, ammo bu hadis Sa'd ibn Abi Vaqqosning uch o'g'lidan

rivoyat qilingan.

236-bob. Bemorni ziyorat qilish savobi

530. Abu Asmo' (Amr ibn Murshid Rahbiy) aytdilar: "Kim bir birodarining betobligini

so'ragani borsa, u jannatning bog'ida bo'ladi". Abu Asmo' bu hadisni Savbondan, u kishi

esa Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilganlar. Bu hadis boshqa sanad bilan ham Rasululloh

(s.a.v.)ning o'zlaridan rivoyat qilingan.

531-hadis Hubayb ibn Sobitdan rivoyat qilingan bo'lib, yuqoridagi hadisning takroridir.

237-bob. Betob ziyoratida hadis rivoyat qilmoq

532. Ja'far ibn Abdulloh ibn Hakam (r.a.) aytdilar: "Abu Bakr ibn Juz' va Muhammad ibn

Munkadirlar masjid ahllaridan bir necha kishilar bilan Umar ibn Hakam ibn Rofi'

Ansoriyning betobliklarini so'rash uchun borib, unga: "Ey, Umar! Bizga bir hadis aytib

bering", deb so'rashganda, u kishi: "Men Jobir ibn Abdullohdan eshitdim. Hz. Jobir

www.ziyouz.com kutubxonasi 84

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!