19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

albatta kelsinlar", deb yana odam yubordilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) bir

necha sahobiylari, jumladan, Sa'd ibn Abboda (r.a) bilan qizlarinikiga bordilarda, bolani

ikki emchaklari o'rtasiga qo'ydilar. Shu paytda bolaning ko'kragidn eski meshdan

shaddirab chiqadigan ovozga o'xshash ovoz chiqib turgan edi. Shunda Rasululloh

(s.a.v.) ikki ko'zlaridan yosh oqdi. Bu holatlarini ko'rib Sa'd ibn Abboda: "O'zingiz

Allohning Rasuli bo'la turib nega yig'laysiz?" - degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Men

Allohning taqdiriga norozi bo'lib jaza' qilib emas, balki bu bolaning holiga rahmim kelib

yig'layotibman. Alloh taoloning marhamati faqat marhamatli rahmdil bandalarga

bo'ladi", dedilar".

232-bob. Xotini xasta bo'lgan kishiga shafqat

522. Ibrohim ibn Abi Abladan rivoyat qiliqdi, u kishi aytdilar: "Xotinim betob bo'lib qoldi.

Shu vaqtda men Ummu Dardo (r.a.) oldilariga borardim. Ummu Dardo mendan: "Ahling

(xotining) qalay?" - deb so'radilar. Men: "Xotinim hamon betob", desam, u kishi menga

taom keltirib ovqatlantirib yuborardilar. Yana bir borganimda xotinimning holini

so'radilar. Men: "Biroz tuzalib qoldi", degan edim, Ummu Dardo: "Xotinim betob deb

yurganing uchun senga taom berar edim. Endi u tuzalib qolgan bo'lsa, men senga taom

berolmayman", dedilar".

233-bob. A'robiylarni ziyorat qilish haqida

523. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) bir

a'robiyning betobligini so'rash uchun kirdilarda: "Bu kasallikning senga zarari yo'q. Bu

seni, inshoalloh, gunoxlardan poklaydi"dedilar. Shunda a'robiy: "Bu chol kishini qabrga

olib borish uchun qaynab toshib turgan isitma-ku", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xayr,

unday bo'lsa, sening aytganing bo'lsin!" - dedilar", deb naql qiddilar.

Imom Tabaroniy rivoyatlariga qo'ra a'robiy ertasi kechquruts vafot etgan .

234-bob. Bemorni ziyorat qilish fazilati

524. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kim

bugun erta bilan ro'zador bo'lib turdi?" - deb sahobiylarqdan so'ragan-larida, Abu Bakr

Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz bugun bir bemor-ni

borib ko'rdi?" - dedilar. Abu Bakr Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Qaysi

biringiz biror kishiga janoza o'qishda hozir bo'ldingiz?", deb so'raganlarida ham Abu Bakr

Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Bugun qaysi biringiz birorta miskinga

taom berdi?" - deganlarida ham Abu Bakr Siddiq: "Men", deb javob berdilar", deb hikoya

qila-dilar. Bu hadis roviylaridan Marvon degan kishi Rasululloh (s.a.v.)ning: "Mana shu

xislatlar kimda jam bo'lgan bo'lsa, albatga jannatga kiradi", degan gapla-rini men ham

eshitganman, dedilar.

Boshqa bir rivoyatga ko'ra Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shu va'dalarini

eshitib: "Yo Rasulalloh, shunday inii ikki dunyoda ham hasrat va zoelikni ko'rmagan

bo'ladi, albatta", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Siz ham shunday kishilardan-siz, deb

umid qilaman", dedilar

www.ziyouz.com kutubxonasi 83

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!