19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yoki o'ldirilsangu, shunga sabr etib savob olmagunimcha yoxud g'alaba qozonganingni

ko'rib, ko'zim quvonmaguncha o'lishni istamay-man. Senga bir reja taklif qilinsa, uni

qilishdan o'zingni ehtiyot qil! Chunki u senga keyin muvofiq kelmay qolib, o'limdan

qo'rqqaningdan qabul qilishga majbur bo'lib qolasan", dedilar".

Asmo' (r.a.) hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari. U zot xz Oyisha (r.a.)dan katta edilar.

Homilalik holida Madinaga xij-rat qilib ketayotganida, Qubo degan joyda Abdulloh ibn

Zu-bay-rni tug'dilar. Asmo' Zubayr ibi Avomning xotini bo'lib, keyin undan taloq bo'lgan

edilar. Abdulloh ibn Zubayr Islom paydo bo'lgan-dan keyin musulmonlar orasida birinchi

tug'ilgan far-zand bo'ldi-lar va Rasulullohning o'zlari tabarruk og'izlarvda chaynalgai xurmo

bilan uning tanglayini ko'tardilar.Ikki taraf - ikki qo'l va ikki oyoq bo'lib, shu

a'zolaring shi-kastlanmaguncha, deyilmoqchi. Asmo' o'g'illari Abdulloxdan oldin vafot

etishni xohlamadilar. Chunki Abdulloh shahid bo'lishini yoki g'alaba qozonganini ko'rib,

xursand bo'lish umidida edilar. Bu al-batta o'g'lilariga bo'lgan xayrixohliklarining

nishonasi edi.

519. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi Rasululloh (s.a.v.) isitmalanib,

ustlariga shokilalik kiyimlarini tashlab yotgan vaqtlarida huzurlariga kirib, badanlariga

qo'llarini tekkiz-gan edilar, kiyimlari ustidan isitmaning haroratini sezib: "Yo Rasulalloh!

Isitmangiz juda qattiq-ku", deganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Ha, shunday. Biz

(payg'ambar)larga Alloh taoloning balosi qatgiq bo'ladi va shuning uchun ajru savobimiz

ham necha barobar ziyoda qilinadi", dedilar. Abu Said: "Yo Rasulalloh! Odamlarning

qaysilariga balo qatgiqroq bo'ladi?" - deb so'radilar. Rasul-ulloh (s.a.v.): "Payg'ambarlar

va solih bandalarga (boshqa kipshlarga nisbatan) qatgaqroq bo'ladi. Shulardan qaysilari

kambag'allikka mubtalo bo'lib, faqat old tomoni ochiq bitga kiyimdan bo'lak kiyadigan

narsasi bo'lmay, shunga o'ralibgina yurgan, ba'zilari bitlab ketishga mubtalo bo'lib,

Hatgo u bitlar uni chaqaverib, o'ddirishgacha olib borgan edi. Ularning (payg'ambarlar

va solih bandalarning) Alloh taolo tomonidan yuboriladigan baloga shodliklari sizlarning

farovonlikka bo'ladigan shodliklaringizdan ham ko'proq bo'ladi", dedilar.

230-bob. Hushidan ketadigan bemorni ko'rish haqida

520. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan eshitildi, u kishi: "Men bir dard bilan og'ridim. Shunda

Rasululloh (s.a.v.) bilan Abu Bakr Siddiq (r.a.) meni ko'rgani piyoda yurib kelishdi. Shu

paytda behush bo'lib yotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilib, shu tahorat

suvlaridan ustimga sochdilar. Shundan keyin men o'zimga kelib bunday qarasam,

yonimda o'tirgan Rasululloh (s.a.v.)ga ko'zim tushdida: "Yo Rasulalloh, molim to'g'risida

nima qilmog'im kerak?!" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.) menga javob

qaytarmaslaridan avval meros haqidagi oyat nozil bo'ldi".

231-bob. Betob bolalarni ko'rish haqida

521. Usoma ibn Zayd (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Fotima (r.a.)ning kichik bir o'g'li betob

bo'lib, og'irlashdi. Shunda Fotima: "O'g'ilcham o'lim oldida", deb Rasululloh (s.a.v.)ga

kishi yubordilar. Rasululloh (s.a.v.) u kishiga: "Qizimga borib ayt, Alloh taolo nimani

bandalariga bersa va nimani ulardan olsa, hammasi o'zining mulkidir. Alloh nazdida

hamma narsaning ma'lum vaqti bor, qizim sabr qilsin va sabr qilgani uchun Alloh taolo

beradigan ajru savobidan umidvor bo'lsin. Shu gaplarimni qizimga yetkazgan", dedilar.

U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning gaplarini qizlariga borib aytdi. Qizlari qasam ichib: "Otam

www.ziyouz.com kutubxonasi 82

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!