19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

uning barcha gunoxlarini avf etib, jannatga doxil qilur".

510-hadis 509-hadisning takrori bo'lib, Anas ibn Molik bu hadisi sharifga "Shoyad

xastaga shifo bersa, uni rohatga muyassar qilur", degan jumlani qo'shganlar.

511. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ga bezgak kasalligi kelib, meni eng

yaxshi ko'radigan kishilaringizga yuborsangiz, deb iltimos qildi. Rasu-lulloh (s.a.v.) uni

ansorlarga borishga tavsiya qildilar. bezgak ular jismida olti kecha-yu olti kunduz turib

qoldi. Bu hol ansorlarga og'ir tushdida, Rasululloh (s.a.v.)ga borib shikoyat qilishdi.

Rasululloh (s.a.v.) ularning hovli va uylariga birma-bir kirib, Alloh taolodan shifo

berishini so'rab, duo qildilar. Keyin qaytib ketayottanlarida bir xotin ergashib kelib:

"Sizni payg'ambar qilib yuborgan Alloh nomi bilan qasam ichib aytaman, men ham,

otam ham shu ansorlardanmiz. Ular haqiga duo qilganingizdek, mening haqimga ham

duo qilsangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xo'p, agar istasang, men Alloh taolodan shifo

berishini so'rab duo qilaman, istasang sabr etasan, Alloh taolo senga jan-nat beradi",

dedilar. U xotan: "Unday bo'lsa men sabr etaman va jannatni hech narsaga

almashmayman", dedi".

512. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Menga tegadigan dardlarning eng yaxshisi bezgaqdir,

chunki bezgak kelganda mening hamma a'zolarimga kiradi. Alloh taolo savobdan har bir

a'zoimga o'z hissasini beradi".

513. Abu Nuhayla (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishidan: "Bir duo qiling!" - deb so'radtsi. U

kishi: "Ey, Alloh! Betoblikni kamaytir, ammo ajru savobini ka-maytirma", deb duo

qildilar. Yana: "Duo qiling!" deyilganda, u zot: "Ey, Parvardigorim! Meni o'zingga yaqin

kishilardan qilgin, o'z onamni esa, jannatdagi huri aynlardan qilgin!" - deb duo qildilar.

514. Ato ibn Abi Raboh (r.a.)aytdilar: "Mendan Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Senga jannat

ahllaridan bo'ladigan bir xotinni ko'rsataymi?" - deb so'radilar.Men: "Ha, ko'rsating",

degan edim, u kishi: "O'sha mana bu qora xotin. U Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib:

"Men tutqanoq kasalligi bilan og'rib qolaman. Shunda o'zimni bilmay badanim ochilib

ketadi. Men uchun bir duo qiling!" - dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Istasang sabr

qilasan, senga jannat nasib bo'ladi. Istasang Alloh taolodan bu dardingga shifo berishni

so'rayman", dedilar. U xotin: "Sabr etaman, lekin badanim ochilib qolishini qanday

qilaman? Duo qiling, badanimning ochilishi yo'q bo'lsin", dedi. Rasululloh (s.a.v.) duo

qildilar".

515-hadis mazmuni 506-hadisda bor va bu Ibn Jurayjdan rivoyat qilingan. Abu

Hurayradan rivoyat qilingan 516-hadis ham shu hadisning mazmushdandir. Jobir ibn

Abdumohdan rivoyat qshingan 517-hadisda ham shu mazmun.

229-bob. "Men xastaman", demak shikoyat hisoblanadimi?

518. Urva ibn Zubayr aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Zubayr o'ldirilishlaridan o'n kecha ilgari

u kishi bilan onalari Asmo' (r.a.) huzurlariga kirgan edik. Abdulloh: "Ahvolingiz qalay?" -

deb so'raganlarida, Asmo': "Betobman, hamma yog'im og'riydi", dedilar. Shunda

Abdulloh: "Men ham o'lim oldidaman (ikkinchi rivoyatda: o'limda rohat bor)", degan

edilar. Asmo': "Sen mening o'lishimni xohlayotibsan shekilli, shuning uchun o'limni orzu

qilayotibsan, bunday qilmagan. Men sening ikki tarafingdan biri menga kelmaguncha

www.ziyouz.com kutubxonasi 81

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!