19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

keddingizmi?"- deb so'radilar. Ular: "Ha, olib keddik", deganlarida, Huzayfa (r.a.)'

"Kafanlikni haddan ortiqcha yoki narxi qimmat narsadan qilmanglar. Agar Alloh taolo

huzurida yaxshilik menga nasib bo'lgan bo'lsa, bu kafandan yaxshirog'i beriladi. Yoki ish

aksincha bo'lib qolsa, bu kafanni darhol mendan tortib olinadi, ya'ni bu kafan chirib,

tuproqqa aylanadi", dedilar".

505. Hz. Oyisha (r.a.)danrivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Qaysi bir mo'min

banda betob bo'lsa, Alloh taolo uni gunohlaridan temirchining bosqoni temirning

ifloslarini tozalaganidek tozalaydi", dedilar".

506. Yana hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Bir musulmon

kishiga og'riq yoki betoblik oriz bo'lsa, hatto biror yeriga tikon sanchilsa yoki hayotdagi

hodisalardan biror hodisaga uchrasa, Alloh taolo shularni u kishining gunohlariga

kafforat qiladi", dedilar".

507. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)ning qizlari Oyishadan rivoyat qilindi. Oyishaning otasi

aytdilar: "Men Makkai Mukarramada qattiq betob bo'ldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.)

mening holimni so'ragani keldilar. Men: "Yo Rasulalloh, men o'zimdan keyin bir qancha

mol Qoldirib ketaman. Ammo orqamda bshtagina qiz qoladi. Shuning uchun molimning

uchdan ikki hissasini vasiyat Qilib, bir hissasini qizimga qoldirsam?" - dedim. Rasululloh

(s.a.v.): "Yo'q, mumkin emas", dedilar. "Bo'lmasa yarmini vasiyat qilaman". Rasululloh

(s.a.v.): "Yo'q, bu Ham joiz emas", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, uchdan birini

vasiyat qilsangiz bo'ladi. Lekin uchdan biri ham ko'p", dedilar. Shundan keyin Rasululloh

(s.a.v.) muborak qo'llarini mening peshonamga qo'yib, yuzimni va qornimni siladilar-da:

"Ey, Alloh! Sa'dga shifo ber, u kishining hijratlarini tamomiga yetkazgin", deb duo

qildilar. "Mana shu vaqtgacha Rasululloh (s.a.v.)ning qo'llarining jigarimga tekkan

sovug'ini sezib turgandek bo'laman", dedilar Sa'd.

Sa'd ibn Abi Vaqqos Makkadan Madinaga hijrat qilgan sahobiylardan biridir. Makka

fathida kasallanib, shu kasallik bilan o'lib ketaman, shekilli, deb hijratining chala

qolishidan xavfsirab Rasululloh (s.a.v.)dan duo so'ragan edi. Bu hadisi sharif Rasululloh

(s.a.v.)ning mu'jizalaridan birini namoyish etgan: Savd ibn Abi Vaqqos Rasululloh

(s.a.v.)ningduolari bilan tuzalish bilan birga Iroq va uning atroflarining fathida ham

ishtirok etdi, so'ngra Iroqqa voliy etib tayinlatsdi. Bu orada juda ko'p odamlarning

hidoyat yo'lini topishlarida vasila ham bo'ldi.

228-bob. Xasta mo'minning savobi

508. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi betob

bo'lib qolsa, u sog'lomlik vaqtida qilib kelgan amalidek savob yozilib boraveradi",

dedilar".

Ya'ni u kishi sog'lom vaqtida yaxiga amallarni qilgan va niyatida shu amalini davom

ettirmoqchi edi, lekin betobligi bu niyatiga mone'lik qilgani uchun afsuslansa,

sog'lomlikda qilgan amalining savobidek savobga ega bo'laveradi

509. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh agar bir

musulmonning jismiga dard bersa, xastalik muddatida sog'lik paytidagi qilgan

ibodatlarining savobi yozilib boraveradi. Agar xastalik paytida uning ruhini qabz etsa,

www.ziyouz.com kutubxonasi 80

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!