19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yo’liqtirsin", deb duoyibad qilib, qaytib ketdi. Shundan keyin o’sha podachi oldiga kelib

yuradigan xotin bir bola tug’ib qo’ydi. Uni podshoh oldiga keltirib so’roq qilinganda: "Bu

bola ibodatxonadagi rohibdan bo’lgan", deb da'vo qildi. Podshoh: "Uning ibodatxonasini

buzib, o’zini mening xuzurimga olib kelinsin", deb buyruq qildi. Podshohning buyrug’iga

asosan ibodatxona buzilib, Jurayjning qo’lini arqon bilan bog’lab, podshoh huzuriga

keltirdilar. Uni olib kelayotganlarida yo’lda tomosha qilib turgan fohisha xotinlarga ko’zi

tushdida, bir kulib qo’ydi, Keyin podshoh undan so’roq qilib: "Bu xotin tug’ilgan bolani

sendan bo’lgan, deb da'vo qilayotibdi", dedi. Jurayj xotinga qarab: "shundaymi? - dedi.

Xotin: "Ha, shunday", dedi. Shunda Jurayj onaning bag’rida turgan chaqaloqqa qarab:

"Ey, bola, sening otang kim?" - deb so’radi.Chaqaloq tilga kirib: "Otam podachi", deb

javob berdi, uning gapini hamma eshitdi. Podshoh Jurayjga uzr aytib: "Endi

ibodatxonani biz yangidan qurib beramiz", dedi. Jurayj buni qabul qilmagach: "Bo’lmasa

kumushdan quraylikmi?" - dedi. Jurayj buni ham qabul qilmay: "Uni avvalgi holiga

keltirib berilsa kifoya", dedi. Podshoh: "Xo’sh, menga aytchi, qo’lingni bog’lab olib

kelayotganlarida nima uchun kulding?" - deb so’raganda, u: "Yuz bergan voqeani ko’zim

bilan ko’rib kulgim qistadi, u ham bo’lsa onamning menga qilgan duoyibadi edi", dedida,

bo’lgan voqeani podshohga va atrofdagi kishilarga hikoya qilib berdi.

18-bob. Nasoro onani Islomga da'vat qilish haqida

34. Abu Hurayra (r.a.) shunday hikoya qildilar: "Mening nomimni eshitgan har bir kishi,

hatto yahudiy va nasroniy bo’lsa ham, meni yaxshi ko’rmay qolmaydi. Men onamning

Islom dinini qabul qilishini istab yurardim, lekin u qabul qilmasdi. Bir kuni unga Islomga

kirishni taklif qildim. U qabul qilmagach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: "Yo

Rasululloh, onam haqida bir duo qilsangiz", deb iltimos qildim. Rasululloh duo qildilar.

Shundan keyin onam oldiga borsam, u eshikni qulflab olgan edi, meni ko’rishi bilan:

"O’g’lim! Men Islom dinini qabul qildim", dedi. Men buni Rasululloh (s.a.v.)ga borib

aytdim va ona-bola ikkalamiz haqimizga duo qiling, deb yana so’raganimda, Rasululloh

(s.a.v.):"Ey, Alloh, bandang Abu Hurayra va onasining muhabbatini kishilar ko’ngliga

solgin", deb duo qildilar".

19-bob. Ota-ona o’lgandan keyin ularga yaxshilik qilish haqida

35. Abu Ubayd (r.a.) hikoya qildilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik, shu vaqtda

bir kishi: "Yo Rasululloh, ota-onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiliklarimdan

tashqari ularning vafotidan keyin yana nima qilsam shu yaxshiligim davom etadi?" - deb

so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "To’rtta narsani qilib yursang, ularga qiladigan yaxshiliging

davom etavergan bo’ladi. Ularning birlamchisi, ota-onang haqiga duo qilasan va

gunohlarini kechirmakni Alloh taolodan so’raysan, ikkilamchisi, ularning nasihat va

shar'iy vasiyatlarini amalga oshirasan, uchlamchi, ularning do’stlarini hurmatlaysan va

to’rtlamchi qavm-qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini

uzmaysan", dedilar.

36. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi o’lgandan keyin yana nima uchundir uning nufuzi

ko’tarilib qoladi. Shunda u taajjublanib: "Ey, Rabbim! Bu darajamning ko’tarilishi

nimadan hosil bo’ldi?", deb so’radi. Alloh taolo tomonidan: "Ey, bandam, orqangda

qolgan bola-chaqalaringning men uchun qilgan istig’forlarining natijasidir", deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi 8

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!