19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

betoblik vaqtlarida bir kishi kelib: "Amirning ajru savoblari qancha bo'ldi ekan?" - deb

so'radi. Abu Ubayda: "Sizlar qanday amal qilganingizda ajrga ega bo'lishingizni

bilasizmi?" - dedilar. U kishi: "Tabiatimiz-ga yoqmaydigan dardga mubtalo qilinsak

shunga ajr olamiz" - dedi. Shunda Abu Ubayda: "Alloh taolo yo'lida qilgan sarflaringiz va

siz uchun qilingan sarflar badaliga ham ajr olasiz", dedilarda, keyin ot egarining

asboblarini sanadilar, hatto ot-ulovning jilovigacha sanab berdilar. "Lekin jasadingizdagi

sizlarga yetgan bu dard badaliga Alloh taolo kichik gunohlaringizni yopadi", dedilar.

Abu Ubayda jangda lashkarboshilardan bo'lganlari uchun u kishini "amir" deb xitob

qilayotgan bo'lsa kerak.Ya'ni jangga borish uchun mana shu men sanagan ot asboblarini

tayyorlaganingiz uchun ham ajrga ega bo'lasiz, demoqchi bo'lsalar kerak.Ya'ni dardga

sabr qilgan bo'lsangiz dardga mubtalo bo'lganingiz uchun bir va sabr qilganingiz uchun

ikkinchi savobga ega bo'lasiz

499. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir

mo'min yoki mo'mina kishini uzoq vaqt biror musibatga yo'liqtirib sinaladi. U shu

musibat Alloh tomonidan bo'lganini e'tirof qilib, sabr etsa, Alloh taolo huzuriga

gunohlaridan pok bo'lgan holda boradi", dedilar".

500. Abdurrahmon ibn Avf otasidan rivoyat qiddi: "Salmon (Forsiy) Kinda degan joyda

bir bemorni ko'rgani borganda men birga edim. Salmon bemorning xonasiga kirgach:

"Senga xayrli xabarlar bo'lsin! Zero, Alloh mo'minning xastaligini O'zi uchun kafforat va

savob deb qabul qiladi. Fojir xasta bo'lsa xab dori ichaveradi, ammo davo qaerdan va

nimadan kelishini bilmaydi", dedi.

501. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Agar xoh mo'mindir, xoh

mo'minadir, unning badaniga, oilasiga, moliga balo Alloh taoloning oldida gu-nohi

bo'lmasa, kelmaydi", deb marhamat qildilar.

502-hadis 501-hadisning takrori bo'lib, uni Muhammad ibn Amr rivo-yat qilganlar va

"bolasiga", degan so'zni qo'shganlar.

503. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy keddi. Nabiy

muhtaram (s.a.v.) unga: "Senda bezgak kasalliga bulganmi?" - deb so'radi-lar. A'robiy:

"Bezgak nima?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Teri bilan et orasida bo'ladigan harorat",

degan edilar, a'robiy: "Yo'q, men unday narsani bilmayman", dedi. Keyin Rasululloh

(s.a.v.): "Senda bosh og'rig'i bo'lganmi?" - dedilar. U: "Bosh og'rig'i nima?" - deb

so'radi. Rasululloh (s.a.v.): "Miyada bir yel paydo bo'lib, tomirlarga uradi", dedilar.

A'robiy: "Menda unday kasallik bo'lmagan", dedi. A'robiy chiqib ketgandan keyin

Rasululloh (s.a.v.): "Do'zax axlidan bo'ladigan kishini ko'rmoqchi bo'lgan odam mana

shu a'robiyga qarasin", dedilar".

227-bob. Tunda bemorni ko'rish haqida

504. Xolid ibn Rabi' (r.a.) aytdilar: "Huzayfa ibn Yamon (r.a.)ning betobliklari

og'irlashgan vaqtda urug'-aymoqlari va ansorlar eshitib, yarim kechada oldilariga

kelishdi. Shunda Huzayfa (r.a.): "Bu qaysi vaqt?" - deb so'radilar. Ular: "Tun yarmi",

deb javob berganlarida, Huzayfa (r.a.): "Tongotar vaqtidagi do'zax o'tidan Alloh

taolodan panoh so'rayman", dedilar-da, keyin: "Men uchun kafanlik narsa olib

www.ziyouz.com kutubxonasi 79

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!