19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

494. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Zulmdan saqlaning, zero

zulm qilgan kishi qiyomat kuni zulmat ichida bo'lg'usidir. Yomon so'z va ishdan

saqlaning, zero Alloh yomon muomalalik va yomon ish qilganlarni sevmaydi. Baxillik va

hirsdan saqlaning, binobarin, bu narsa sizdan ilgari o'tganlarni ham qarindoshlik

rishtalarini uzishga va haromni halol deb qabul qilishga rag'batlantirgan"", dedilar".

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 495-hadis 494-hadisning takrori.

496. Abu Duho (r.a.) aytdilar: "Masruq bilan Shutayr ibn Shakl Abdi (r.a.)lar masjidda

birga bo'lib qolishdi. U yerda halqa-halqa bo'lib o'tirgan kishilar bu ikki olim atrofiga

to'planishdi. Shunda Masruq Shutayrga qarab: "Bu odamlar bizdan yaxshi gap eshitmoquchun

to'planishgan bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Endi siz Abdulloh ibn Mas'uddan

hadis rivoyat qilasiz, men esa qilgan rivoyatingizning to'g'riligini tasdiqlayman yoki men

rivoyat qilaman, siz uni tasdiqlaysiz", dedilar. Shutayr: "Mayli, siz rivoyat qiling', men

unga guvoh bo'laman!" - dedilar. Shundan keyin Masruq: Abdulloh ibn Ma'sud: "Ikki

ko'z, ikki qo'l va ikki oyoqlarning zinosi bo'ladi. Bularning zinosini egalarining farji

(avrati) amalga oshirib, haqiqatga chiqaradi yoki rad qilib, yolg'onchiga chiqaradi",

degan so'zlarini eshitganmisiz? - dedilar. Shutayr: "Ha, bu so'zlarini men ham

eshitganman", dedilar. Masruq yana: "Abdullohning Kur'oni karimdagi: "Kimki Allohga

taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur" (65:2), degan oyatidan

ko'ra tezroq najot topishga undaydigan oyat yo'q, degan so'zlarini siz eshitganmisiz?",

deganda, Shutayr, "Ha, men ham Abdullohning shu so'zlarini eshitganman", dedilar.

Masruq yana: "Abdullohning Qur'ondagi: "Ey o'ziga isrof-zulm qilgan bandalarim! Alloh

taoloning rahmatidan noumid bo'lmanglar" (39:53-oyat), deyilgan oyatdan ko'ra Allohga

tavakkul qilishga ko'proq undovchi oyat yo'q, deganlarini eshitgan bo'lsangiz kerak",

dedilar. Shutayr: "Ha, eshitganman", dedilar".

497. Abu Zarr G'iforiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qiddilar: "Rasululloh (s.a.v.):

"Alloh taolo: "Ey, bandalarim! Men zulm qilmoqni o'zimga harom qilganman va shu zulm

qilmoqni sizlarga ham harom qildim. Binobarin, sizlar bir-birlaringizga zulm qilmangizlar.

Ey, bandalarim, sizlar kechayu-kunduz gunoh bo'ladigan yshlarni qilasiz. Men hech

parvo qilmay, gunoxlarni kechiraveraman. Shuning uchun uni kechirmoqni faqat

o'zimdangina so'rang. Ey, bandalarim, men taom bermasam hammalaringiz och qolasiz,

taomni mendan so'rang! Men beraman. Men kiyim-bosh bermasam hammalaringiz

yalang'och qolasiz, kiyimboshni mendan so'rang, ularni sizga men o'zimgina beraman.

Ey, bandalarim! Sizlarning avvaliyu oxiringiz va insu jinlaringiz hammasi zo'r taqvodor

bo'lganda ham mening molikligimga hech narsa orttirmaydi yoki hammalaringiz o'ta

ketgan fojir bo'lganda ham mening mulkimdan hech narsa kamaytirmaydi. Agar hamma

maxluqotim bir yerda jam bo'lib, har qaysisi o'z maqsadini so'rasa va hammasiga

so'raganini bersam ham, mul-kimdan dengiz ichiga tashlangan ingichka ip shimgan suvi

miqdoricha ham kamaymaydi. Ey, bandalarim! Qilgan amallaringizni o'zlaringiz uchun

saqlab qo'yaman. Kim amallarida yaxshilikni uchratsa, Alloh taologa hamdu sano aytsin.

Yaxshilik-ni emas, yomonlikni uchratsa, u vaqtda faqat o'zinigina malomat qilsin", deb

aytgan dedilar". Roviylardan Abu Idris Xavloniy (r.a.) bu hadisni rivoyat kdlgan

vaqtlarida Allohning hurmati uchun tiz cho'kib o'tirardilar.

226-Kasalmand kishining kafforati haqida

498. G'utayf ibn Horis (Sukuniy) (r.a.) xabar berdilar. Abu Ubayda ibn Jarrohning

www.ziyouz.com kutubxonasi 78

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!