19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

men bu toycha katga bo'lib minishga yarokdi bo'lguncha yasharmidim deb, uni so'yib

yuborardik. Shundahz. Umar (r.a.)dan bizga: "Alloh taolo sizga bergan rizqni isloh

qiling, tuzatinglar. Chunki qiyomat qoyim bo'lishi hali uzoq va balki ta'xir bo'lar", degan

mazmundagi xatlari keldi".

Ya'ni yangi tug'ilgan molni boqib katta qilinglar va ko'paytiringlar

486. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Birortangiz ekish

uchun qo'lingizda bir ko'chatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bo'lib qolsa-yu,

qoim bo'lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko'zingiz yetsa, albatta ekib qo'ying", dedilar".

487-hadis. Dovud ibn Abi Dovud aytdilar: "Menga Abdulloh ibn Salom: "Sen bir ko'chatni

ekayotgan vaqtingda, Dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham, uni tuzatib ekishga

harakat qil, chunki undan keyin Ham odamlar yashaydi", dedilar".

223-bobdagi 488-hadis "Ota-onaning duosi" degan 17-bobdagi 32-hadis-ning aynan

takrori.

224-bob. Allohdan rizq so'rash haqida

489. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi Nabi muhtaram (s.a.v.)ning

minbar ustida Yaman tomonga qarab: "Ey, Alloh, bularning ko'ngli-ni bizga moyil qil!"

deganlarini, Iroq tomonga va boshqa hamma tomonlarga ham qarab shunday duo qilib,

keyin: "Ey, Alloh, yerning boyligidan rizqimizni ber! Bizning madd va so'larimizga

barakot ber", deb Allohdan so'ragan-larini eshitdim, dedilar.

Madd - o'lchov miqtsori bo'lib, bir so'ning to'rtdan biriga yoki ikki ratl (bir ratl 449, 28

gr)ga teng, so' esa besh va uch chorak ratl (yoki sakkiz ratl)ga tengdir.

225-bob. Zulm kulfatdir

490-hadis mazmuni 476-hadisning takrori bo'lib, 476-hadis Abu Hurayra-dan rivoyat

qshingan bo'lsa, bunisi Jobir ibn Abdulgohdan rivoyat qilingan.

491. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Keyingi ummatlarimda

insonlik suratlarini boshqa narsalar suratiga aylangarish, zinokorlik va tuhmat qilish kabi

yomon xulqlar va yer yutishlar bo'ladi. Bu ishlar avval zulm qiluvchilardan bopshanadi",

dedilar".

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilshgan 492-hadis 476-hadisning so'nggi jumlasini takror

qilgan.

493. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):

"Qiyomat kuni mo'min bandalar do'zaxdan qutilganlaridan keyin, jannat bilan do'zax

o'rtasidagi ko'prikda to'xtatiladi va yorug' dunyoda oralarida bo'lgan turli zulmlar uchun

bir-birlaridan qasos oladilar. Shu qasos olishdan tozalanib bo'lganlaridan keyingina

jannatga kirishlari uchun ruxsat beriladi. Mo'min bandalarning har biri dunyodagi o'z

joyiga adashmay borishda qanchalik mohir bo'lsa, jannatdagi joyiga borishda undan

ko'ra ham mohirroq bo'ladi", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 77

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!