19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

470. Abu Dardo (r.a.)rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimgaki muloyimlikdan

nasiba berilgan bo'lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan bo'ladi va kim undan

maxrum qilingan bo'lsa, yaxshilikdan ham mahrum bo'lgan bo'ladi. Kdyomat kuni

mo'min bandaning tarozusini og'ir qiladigan narsa yaxshi axloqdir. Alloh taolo yomon

so'z va yomon fe'llik kishiga albatta g'azab qiladi", dedilar".

471. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Yaxshi sifatlik, salohiyatlik

kishilar Qoqilib ketsa, ularni turg'azib qo'yinglar", dedilar".

Shu hadis yuqorida ko'rsatilgan turkcha nashrda "Solih amal sohibi bo'lgan kimsalarnshg

kichik xatolarini kechirib yuboring", deyilgan va u ham hz. Oyishadan rivoyat qilingan.

472. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Kimda axmoqlik va

nodonlik bo'lsa, hamisha uyatga qo'yadi. Alloh taolo latif va muloyimlikni sevadi",

dedilar".

473. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) parda ichida o'tirgan qizdan

ham uyatchanroq edi-lar. Rasululloh (s.a.v.)ning bir narsadan ko'ngillari olinganini

ranglari o'zgarganidan bilar edik".

474. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshi siyrat,

chiroyli hay'at va har bir ishda iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo'lagidir", dedilar".

Yaxshi siyrat - xalq bilan yaxshi muomalalik bo'lish, chiroyli hay'at shaklni, ko'rinishni

yaxshi qilib yurish, iqtisod esa, har bir ish va harakatda, hatto ibodatda ham o'rtacha

holda bo'lishlik-ni kishi o'ziga lozim tutishidan iboratdir.

475. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men o'jar, bo'yin bermaydigan tevaga mingan edim,

Rasululloh (s.a.v.) uni urganimni ko'rib: "Muloyim bo'l, kimda muloyimlik bo'lsa, husn va

kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo'lmasa, u aybli va nuqsonli bo'ladi",

dedilar".

Turkcha nashrda hz. Oyisha (r.a.)dan quyidagi hadis rivoyapg qshingan: "Muloyim bo'l;

zero muloyishik insonni bezaydi. Kupollik kishini xunuk ko'rsatadi". (Imom Buxoriy.

Adabu-l-mufrad. Tarjima, tahrir va ta'-liq etuvchi Rauf Pahlavon, 2005, 191-bet).

476. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "O'ta baxillik va mol-mulkka xirs

qo'yishdan saklaning, chunki baxillik sizdan ilgari o'tgan kishilarni halok qilgan. Shu

baxilliklari tufayli ular bir-birlarining qonini to'kkan va qarindoshlikni uzib qo'yishgan.

Birovga zulm qilishlik qiyomat kuni zolimni qorong'ulikka tushiradi", dedilar".

218-bob. Saranjomlik haqida

477. Kasir ibn Ubayd aytdilar: "Men ummu-l-mo'minin hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga

kirdim. Shunda u zot menga: ozgana sabr et, men lungamni yamab olay, dedilar. Men u

zotga agar bu voqeani chiqib odamlarga gapirsam, ular sizni albatga baxil, deb

hisoblashadi, dedim. Oyisha (r.a.): "Mayli, o'zing bilasan. Eski kiyim kiymaydigan

kishida yangi kiyim bo'lmaydi", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 75

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!