19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Ikkimiz boloxonadan tushdik. Keyin hz. Anas mayda qadam tashlab yura boshladilarda,

so'ng hikoya qildilar: "Men Zayd ibn Sobit bilan birga edim. Shunda u kishi ham xuddi

men hozir yurganim-dek yurdilar va Rasululloh ham shunday sekin-sekin yurib, keyin

"Ey, Zayd, mening shunday yurishimning sababini bilasanmi?" - deb so'rabdilar, shunda

Zayd: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", debdilar. Shunda Rasululloh

(s.a.v.): "Namozga borayotganimizda tashlayotgan qadamimizning soni ko'p bo'lsin, deb

shunday mayda qadam tashlab yurayotibman", degan ekanlar".

Zoviya - Madinai munavvaraning chekkasidagi bir joy nomi

216-bob. Imoratlarni naqshlash haqida

464. Abu Huray (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlar uylarini naqshlar

bilan bezaydigan davr kelmaguncha qiyomat bo'dmaydi", dedilar".

465. Mug'ira ibn Shu'ba (r.a.)ning kotiblari Varrod aytdilar: "Hz. Muoviya Mug'iraga

Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan hadislaringdan menga yozib yubor, deb xat yubordilar.

Shunda Mug'ira: Nabiy muhtaram (s.a.v.) har bir farz namozning oxirida yoki undan

keyin: "Lo iloha illallohu vahdahu, lo sharika lah, lahul mulku va lahu-l-hamd. Va huva

alo kulli shay'in qadir, Allohumma lo mone'a limo a'taytaa va lo mu'tiya limo mana'ta va

lo yanfa'u za-l-jaddi minkal-jadd" ka-limalarini aytar edilar, deb yozdilar. Yana u kishi

shu xatida Rasululloh (s.a.v.) bo'lar-bo'lmas

gaplarni naqya qilib yurishdan, ko'p savol berishdan, molni noo'rin yerlarga zoe

qilishdan, ona va otalarga oq bo'lishdan, qiz bolalarni tiriklayin ko'mishdan va so'ragan

kishilarga bermay, olib kelaver, demakdan qaytarganlar, deb yozib yubordilar".

Kalimaning ma'nosi: Allohdan bo'lak xudo yo'q, u yolgaz, sherigi yo'q, chin egalik va

hamdlar unga xosdir. Alloh taolo o'zi xohlagan narsani qilishga qodir. Ey, Alloh! Sen

nimani bersang, uni hech kim man' qilolmaydi va man' qilganingni boshqalar

beraolmaydi. (Dunyoda) boylikka erishgan kishilarga boyligi (oxiratda) foyda ber-maydi

(bunga boshqa izohlar ham bor).

Bu hadis mazmuni 16-hadisda va 447-hadisda qisman bor.

466. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringizni dunyoda qilgan

amallari do'zaxdan qutqazolmaydi", dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, sizning ham

amallaringiz qutqazmaydimi?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo

menga rahm qilmasa, amallarim meni ham qutqazmaydi", dedilar. Yana Rasululloh

(s.a.v.): "To'g'ri yo'lda bo'linglar. Erta bilan va kechqurun va kechaning bir qismida

ibodat bilan mashg'ul bo'ling, imorat qilishda ham o'rtacha holni tuting. Shunda

mo'ljalga yetasizlar", dedilar".

217-bob. Muloyim bo'lish haqida

467-hadis 414-hadisning aynan takrori.

"Al-adabu-l-mufrad"ning turkcha nashrida (2005 yil) 468-hadis Jarir ibn Abdullohdan

rivoyat qshingan, deb ko'rsatilgan va imom Muslim ham naql qilgan. 469-hadis ayni shu

hadislarning takrori va keyinda keladi-gan hadis shu hadislardagi mazmunni ifoda etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi 74

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!