19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

chunki binolarning baland bo'lishi yomon kunlaringizdan biri ekanligining alomatidir, deb

xat yuborganlar", dedi".

213-bob. Rasululloh (s.a.v.) uylarini ta'mirlaganlari haqida

458. Habba ibn Xolid bilan Savo ibn Xolid (r.a.) aka-uka ikkalasi Nabiy muhgaram

(s.a.v.)ning huzurlariga kelishgan edi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) imoratning

devorini (boshqa rivoyatda: uyni) tuzatayotgan edilar. Shunda aka-uka Rasululloh

(s.a.v.)ga qarashishdi.

459. Qays ibn Abi Hozimdan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Bizlar Xabob ibn Aratning

betobligini so'rashga kirdik. U kishi qorinlarini davolash uchun yetti martaba kayy

qildirgan edilar. U kishi: "Bizdan ilgari o'tgan birodarlarimiz dunyo maishatiga berilmay,

savoblarini to'liq, kamaytirmay olgan edilar. Bizlar esa, shu qadar boyliklarga erishdikki,

uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik. Rasululloh (s.a.v.) o'zimizga o'lim tilashni

man qilmaganlarida men albatta o'zimga Alloh taolodan o'lim so'ragan bo'lardim",

dedilar".

"Kayy" - arablardagi eski tabobatda ba'zi kasalliklarni davolash uchun kuydirilar edi.

Uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik -ya'ni hammamiz boy bo'lib, sadaqani

qabul qiladigan kishi qolmadi.

460. Qays ibn Abi Hozim aytdilar: "Biz ikkinchi marotaba Xabob ibn Aratning huzurlariga

keldik. U zot o'zlariga qarashli (yoki uyning) bir devorni tuzatayotgan edilar. Shunda:

"Musulmon kishiga tuproqqa ketkazadigan sarfidan bo'lak hamma sarflari uchun albatta

ajru savob beriladi", dedilar".

Tuproqdan murod - maqganish uchun hojatdan tashqari qilinadigan imoratlar, masjid,

madrasa, maktab, yetimxona va yotoqxona kabi sadaqai joriya niyatida qilinadigan

binolar bunga kirmaydi.

461. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Men o'zi-mizning cho'p va qamishdan qilingan

uyimizni (bu-zib, qayta) tuzatayotgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) o'tib qoldilar-da:

"Nima qilayotibsiz?" - deb so'radilar. Men: "Yo Rasulalloh, uyimizni isloh qilayo-tibman",

degan edim. Rasululloh (s.a.v.): "Ish bun-dan ko'ra tezroqdir", dedilar".

Ishdan murod - o'limdir, ya'ni buzilmay turgan uyingni tuzatgu-ningcha balki o'lim kelib

qolar. Buni tuzatishdan ko'ra amalni tu-zat, demoqchi bo'ldilar.

214-bob. Keng uy haqida

462. Nofi' ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)-ning shunday deb marhamat qilganlarini

rivoyat qila-di: "Keng uy, yaxshi qo'shni, yaxshi ot (boshqa rivoyatda: itoatkor xotin)

musulmon kishining shodligidir".

215-bob. Namozga yurib borish haqida

463-hadis. Sobit ibn Qaysdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Anas ibn Molik bilan

u kishining Zoviyadagi boloxonasida edik. Shu vaqtda azon tovushi eshitilib qoldi.

www.ziyouz.com kutubxonasi 73

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!