19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

205. Musulmonni kofir demoq haqida

444. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qshshndi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir kishi

musulmon birodariga qarata kofir desa, shu so'z tufayli ikkisidan biri kufrga ketadi",

dedilar".

445. Ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:

"Agar bir mo'min birovni kofir desa, ikkisidan biri albatga kofir bo'ladi. Agar kofir dedigi

kishi haqiqatdan ham kofir bo'lsa, to'g'ri aytgan bo'lib chiqadi. Agar aytgani to'g'ri

bo'lmasa, aytgan odamning o'zi kufrga ketgan bo'ladi".

Bu ikkita hadis mazmuni 437-438-hadislarda ham qisman bor va ular Abu Zarr

G'iforiydan rivoyat qilingan.

206-bob. Dushmanlar kulgisidan Allohtsan panoh so'rash haqida

446. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning yomon

qazoyi kadaridan va dushmanlarga kulgi bo'lishdan panoh so'rardilar".

207. Isrof

447. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):

"Sizlarning uchta ishin-gaz uchun Alloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azablik

bo'ladi: birinchisi, ibodatai Allohning o'zigagina qilib, boshqa narsalarni unga sherik

qilmasli-gangazga; ikkinchisi, Alloh taoloning dini va Kur'oniga e'tiqod qilmog'ingizga;

uchinchisi, Alloh taolo sizga boshliq qilib qo'ygan kishiga xayrixoh bo'lmog'ingizga rozi

bo'lsa, bo'lar-bo'lmas gapni naql qilishib yurmog'ingizga, ko'p surishtiravershplik yoki

so'rashlik (gadoylik qilish) va molni noo'rin yerlarga sarf qilib zoe qilmog'ingizga

g'azablanadi", dedilar".

Bu hadisning qisman mazmuni 16-hadisda ham bor.

448. Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Alloh taoloning: "Biror narsani (muhtojlarga xolis)

ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir",

(34:39) degan oyatga "isrof ham, tanglik ham qilmasdan sarflasangiz", deb izoh bergan

edilar.

208-bob. Isrof qiluvchilar haqida

449. Ubayd (r.a.) aytdilar: "Men Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan "isrofgar" degan so'zning

ma'nosini so'raganimda, Abdulloh: "U molni nohaq yerlarga sarflaydigan kishilardir",

dedilar".

450. "Isrofgarchilik pirting-chirting joylarga ham molni (mablag'ni) sarflashdir", dedilar

Abdulloh ibn Abbos (r.a.).

209-bob. Turar-joylarni ta'mirlash haqida

www.ziyouz.com kutubxonasi 71

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!