19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

o’sha odam uning ota-onasini ham so’kadi, shu bilan u bilvosita o’z ota-onasini so’kkan

bo’ladi.

28. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kimki otasining so’kilishiga sabab bo’lsa, Alloh taolo oldida

katta gunohga qoladi". dedilar.

15-bob. Ota-onaga oqq bo’lishning uqubati haqida

29. Abu Bakr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Azobuqubat

qiyomat kuniga asrab qo’yilgandan tashqari, shu dunyoning o’zida ham

insonning o’ziga jabr yetkazadigan gunoh - kishilarga zulm qilish va qavmqarindoshlarga

qilinadigan silai rahmni uzib qo’yishdir", dedilar.

30. Imron ibn Husayn (r.a.) aytdilar: "Rasululloh sahobiylardan: "Zino qilish, mast

qiladigan ichimliklarni ichish va o’g’rilik qilish haqida nima deysizlar?" - deb so’radilar.

Ular: "Bularning hukmini Alloh taolo va uning Rasuli biladilar", deb javob berdilar.

Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bular o’ta-ketgan qabohat ishlar bo’lib, oxiratda ham, bu

dunyoning o’zida ham ularning uqubati, jazosi belgilangandir. Men sizlarga gunohlarning

eng kattalarini aytib beraymi?" Ular: "Alloh rabbilolamiynga shirk keltirish va ota-onaga

oqq bo’lish", dedilarda, suyanib o’tirgan holatlarini o’zgartirib tiz cho’kib oldilar va

"hamda yolg’on so’zlash" , deb qo’shib qo’ydilar.

16-bob. Ota-onaning yig'lashi haqida

31. Abdulloh ibn Umar (r.a) "Ota-onaning yig'lashi boladan norozi bo'lganliklaridan

dalolat beradi va bu esa katta gunoh pardadir", dedilar.

17-bob. Ota-oaning duosi haqida

32. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch toifa kishilarning duosi hech

shubhasiz Alloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va

ota-onaning duosi", deganlar".

1 Har qanday zulm haqsizlik, deb anglashilgani kabi musulmon tuzumiga qarshi borish

ham zulm, deb tushuniladi .

2 Rasululloh (s.a.v.)ning: "Al kazzabu lo ummati", ya'ni yolg’onchi mening ummatim

emas, degan hadislari mashhurligini muqaddislarning aksariyati rivoyat qiladilar.

33. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi

hadislarni eshitdim: "Bibi Maryamning o’g’illari Hz. Iyso (a.s.) bilan Jurayjga so’zlagan

boladan bo’lak hech bir bola beshikdaligida gapirgan emas", dedilar. Sahobiylar: "Yo

Rasulalloh, Jurayj va unga so’zlagan bola kim edi?" - deb so’rashganda, Rasululloh

(s.a.v.) rivoyatni aytib berdilar: "Jurayj o’z ibodatxonasida ibodat bilan mashg’ul bir

rohib bo’lib, ibodatxonasi atrofida bir podachi sigirlarni o’tlatib yurar edi. Shu ibodatxona

joylashgan qishloqda turadigan bir xotin podachi yoniga kelib-ketib turardi. Jurayj bir

kuni namoz o’qib turgan vaqtida onasi chaqirdi. Jurayj ancha xayolga cho’mdi: namozida

davom etaversinmi yoki uni buzib, onasiga javob qilsinmi? U o’ylanib-o’ylanib, oxiri

onasiga javob qaytarmadi va namozida davom etaverdi. Onasi ikkinchi va uchinchi

martaba chaqirganda ham u javob qaytarmagach: "Alloh taolo seni fohisha xotinlarga

www.ziyouz.com kutubxonasi 7

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!