19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

436. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Musulmon

kishining so'kishmog'i fosiqlik va birovni o'ldirmog'i kufrdir", dedilar".

437. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir

kishi ikkinchi kishini fosiq va kofir, deb malomat qilmasin. Agar u malomat qilgan kishi

haqiqatan o'shanday bo'lmasa, fosiqlik va kofirlik malomat qiluvchining o'ziga borib

tegadi", degan gaplarni eshitdim", dedilar.

438. Yana Abu Zarr G'iforiy (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.)dan: "Bir kishi

boshqa odamni o'zi bila turib, bu mening otam, deb da'vo qilsa, Alloh taologa kufroni

ne'mat qilgan bo'ladi. Bir kishi qavmdan bo'lmay turib, men shu qavmdanman, deb

da'vo qilsa, do'zaxdan o'zining joyini olaversin. Birovni kofir yoki Alloh taoloning

dushmani, deb chaqirsayu, lekin u haqiqatdan shunday bo'lmasa, bu chaqiruvi uning

o'ziga borib taqaladi", deganlarini eshitdim".

439. Rasululloh (s.a.v.)ning sahobiylaridan Sulaymon ibn Surad (r.a.) aytdilar:

"Rasululloh (sa.v.) huzurlarida ikki kishi bir-biri bilan koyishdi. Shunda bittasining

qattiqjahli chiqib, hatto yuzi qizarib, ahvoli ham o'zgardi va Rasululloh huzurlaridan

chiqib ketdi. Shundan keyin Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Men bu kalimani bilaman, agar

bu jahli chiqqan kishi shu kalimani aytsa, jahlidan tushadi", dedilar. Payg'ambar

(s.a.v.)ning bu gaplarini kimdir unga borib aytdi va u kalima "Auzu billohi mina-shshaytonir

rajim" ekan. "Sen shu kalimani aytgin", dedi. Shunda u: "Bor, jo'na. Men-da

biror kasallik bor deb o'ylaysanmi, men maj-nunmanmi?" - deb uning gapini qabul

qilmadi".

440. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Musulmonlardan har ikki

kishining o'rtasiga (aybini bir-biriga ko'rsatmaslik uchun) Alloh taolo tomonidan parda

qo'yilgan. Agar ulardan bittasi ikkinchisiga yomon gap aytsa, koyisa, haqorat qilsa, Alloh

taoloning qo'ygan o'sha pardasini yirtgan bo'ladi va bittasiga sen kofirsan desa, ulardan

bittasi albatta kofir bo'lib qoladi", dedilar.

203-bob. Odamlarning aybini o'z yuziga aytmagan kishi haqida

441. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir ishni qildilar va shuni qilmoqni

ashoblarga ham ruxsat berdilar. Ammo ba'zi kishilar bu ish kamolotga zid deb bu ishni

qilishdan bosh tortishdi. Bu gap Rasululloh (s.a.v.)ga ma'lum bo'lganidan keyin jahllari

chiqdi va masjidda xutba o'qidilar, Alloh taologa hamdu sano aytib bo'lgach: "Nima

uchun ba'zi odamlar men o'zim qilayotgan ishni qilishdan tortinadilar? Alloh taolo nomi

bilan qasamyod qilamanki, men Allohning buyruq va ta'kidlarini ulardan ko'ra yaxshiroq

biluvchi va undan qo'rquvchiroqman", dedilar".hozir chiqarib bermasang, o'zingai

yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining bog'ichini yechib

undan xatni olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib

keldik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a Alloh taologa, uning

Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qildi, ruxsat bering, men uning kalla-sini sug'urib

olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Butsday xat yozib ushriklarga

yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat yubordim, lekin

bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q. Faqat siz bilan

kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshlarini ximoya qiluvchilari bor.

Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan qarindoshlarimni

www.ziyouz.com kutubxonasi 69

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!