19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 429-hadis 428-hadisning takrori.

430. Nabiy muhtaram (s.a.v.) sahobiylaridan "Tuhmat yoki chaqimchilik nima,

bilasizlarmi?" - deb so'radilar. Sahobiylar: "Buni Alloh taolo va uning Rasu-li yaxshiroq

biladi", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu - odamlarning orasini buzish uchun gapini birbirlariga

naql qilib yurishdir", dedilar.

431. Yana Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo tavoze'lik bo'linglar va biringiz ikkinchi kishiga

zulm qilmasin, deb menga vahy qildi", dedilar.

Tavoze' - lug'aviy ma'nosi kamtarlik, adablilik. Istilohiy ma'noda Alloh taologa bandalikni

izhor qilib, buyruqlarini bajarish va qaytargan ishlaridan qaytish, boshqa kishilardan

o'zini ustun bilmay, insoniylik jihatidan hammani teng huqukli hisoblab, ularning

yordamiga hamma vaqt ehtiyoji borligini e'tirof qilmoqtsan iboratdir.

201-bob. So'kishadigan ikki kishi shaytondir

432. Ayyoz ibn Hammor (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.) dan: "Yo Rasulalloh, bir kishi

meni so'ksa, nima qilay?" deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bir-birini so'kuvchi ikki

kishining ikkalasi ham shaytondir. Ular yomon gapni gapiradi va yolg'on so'zlaydi",

dedilar".

433. Yana Ayyoz ibn Hammor (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan urushgan va

u zotga qarshi harakat qiluvchi odam edim (boshqa rivoyatda: haramiy edim).

Musulmon bo'lishimdan ijari u zotga bitga urg'ochi teva hadya qilganimda qabul

qilmadilar va: "Men mushriklarning tuhfa, hadyalarini makruh ko'raman", dedilar".

Haramiy - haramlik, ya'ni, Makkada yashamaydigan bir kishi Makkada (haram sharifda)

turadigan odam bilan do'stlashadi. Xonai Ka'bani tomosha qilishga kelganida shu

do'stining kiyimlarini kiyib va taomlarini yeb turadi va o'z kiyimini kiymaydi, taominiham

yemaydi, shu do'stining kiyimida tavof qiladi.

202-bob. So'kishmoq fosiqlikdir

434. Sa'id ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Musulmon kishining

so'kishishmog'i fosiqliqdir" , dedilar".

Fosiqlik - to'g'ri yo'lni qo'yib, egri yo'lga kirib ketish, fosiqlik kofir va munofiq ma'nosida

ham ishlatiladi.

435. Anas ibn Molik (r.a.) aytdshtar: "Rasululloh (s.a.v.) uyat gapni gapirmas,

birovlarga la'nat o'qimas va ularni so'kmas edilar. Jahllari chiqqan vaqtda: "Unga nima

bo'ldi? Manglayi tuproqqa yopishkur", deb qo'ya qolar edilar".

Manglayning tuproqqa yopishmog'i - yerga yiqilmoqqa yoki boshshsh sajdaga

qo'ymoqqa kinoyadir yoki o'z ma'nosini iroda qilinmay til bilangina aytilaveradigan

iboralardan biridir .

www.ziyouz.com kutubxonasi 68

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!