19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

odamlarga yomon o'rnak bo'lishimiz durust emasdir, birovga hadya, tuhfa berib keyin

hadyasini qaytarib oluvchi kishi o'zi qusib tashlagan qusig'ini yegan itga o'xshaydi",

dedilar".

197-bob. Makr va aldash haqida

423. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min banda(lardan ba'zilari)

dunyo ishlarida aldanuvchi va lekin o'zi saxovatli, munofiq esa aldovchi, makkor va xasis

bo'ladi", dedilar".

198-bob. Koyish va so'kish haqida

424. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) vaqtlarida ikki kishi

so'kishdi. Ularning bittasi so'kdi va ikkinchisi jim turdi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.)

o'tirgan edilar, ikkinchisi ham uni so'ka boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) birdan

o'rinlaridan turib ketdilar. Sahobiylar: "Yo Rasu-lalloh, nima uchun turib ketdingiz?" -

deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Farishtalar turgani uchun men ham turdim. Bu

kishi jim turgan vaqtda farishtalar avvalgi so'kayotgan kishiga raddi badal qilib turgan

edi. Bu ham so'ka boshlagani uchun o'sha farishtalar o'rinlaridan turib ketdilar", dedilar".

425. Ibroxim ibn Abu Abla Ummu Dardo (r.a.)dan rivoyat qildi. "Bir kishi Ummu Dardo

(r.a.) oldiga kelib: "Xalifa Abdumalik ibn Marvon huzurida bir kishi sizga ta'na qildi", deb

xabar berdi. Ummu Dardo (r.a.): "O'zimizda bo'lmagan ayblar bilan tuhmat qilinsak

mayli. O'zimizda yo'q madhlar bilan ko'p maqtalgan ham edik", dedilar".

426. Abdullohibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Bir kishi birodariga sen mening

dushmanimsan", desa, ikkalasidan bittasi Islomdan chiqib qoladi yoki u o'sha birodaridan

ajrab ketgan bo'ladi". Shu hadisni Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilgan

Qays degan kishi aytdi: "Keyin menga Abu Hurayra Abdulloh ibn Mas'udning shu

so'zlarini aytib oxirida: "Ammo tavba kdlgan bo'lsa, bu hukmga kirmaydi", degan

edilar".

199-bob. Bir qultum suv ichirish haqida

427. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. Shu hadis roviylaridan imom Lays: "Bu

hadis Rasululloh (s.a.v.) so'zlari bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Har bir odam bolasining

badanida uch yuz oltmishta mayda so'ngak va bo'g'inlar bor. Ular shu so'ngak va

bo'g'inlar uchun har kuni bir sadaqa qilmokdari lozim. Har bir shirin so'z bir sadaqa,

kkshi birodariga yordam qilmog'i ham bir sadaqa, unga bir qultum suv ichirishi ham bir

sadaqa va kishilarga ozor beradigan yo'ddagi narsalarni chetga olib tashlash ham bir

sadaqa hisoblanadi", dedilar.

200-bob. So'kishish haqida

428. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir-biri

bilan so'kishuvchi kishilarning aybi so'kishni avval boshlagani ustiga tushadi, basharti

ikkinchisi so'kishni haddan oshirib yubormasa", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 67

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!