19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Ya'ni bunda xato va kamchilikdan holi bo'lmaydi, do'stlari albatta uni kechirmoqlari

lozim. Do'stidan kamchilik o'tishi bilanoq ajralib ketadigan do'stning do'stligi haqiqiy

emas.

407. Anas ibn Molik (r.a.)ning amakivachchalari Hishom ibn Omir (r.a.)dan rivoyat

qilindi. Bu kishi: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech bir kishining ikkinchi musulmon birodari

bilan uch kechadan ortiq gaplashmay yurishi joiz emas. Shu ikkalasi shunday holatda

bo'lgan davrda haq yo'ddan chetlashgan bo'ladilar. Ulardan qaysi biri avval yaxshilik,

mehr-shafqat qilish tomoniga o'tsa, gunohida kafforat bo'ladi. Ular shunday gaplashmay

yurgan holicha dunyodan o'tsalar, ikkalasi ham jannatga kirmaydi. Agar ulardan qaysi

biri salom bersa, ikkinchisi javob qaytarmasa, salom berganiga farishta va javob

qaytarmaganiga esa, shayton javob qaytaradi", degan gaplarini eshitdilar.

408. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Rasululloh menga: "Sening

mendan g'azablanganligingni ham, rozi bo'lganligingni ham albatta bilaman", dedilar.

Hz. Oyisha: "Uni qanday bilasiz?" - deb so'raganlarida, Rasululloh: "Mendan rozi bo'lgan

vaqtingda savolimga: "Ha, Muhammad (a.s.)ning parvardigori bilan qasam ichib

aytaman", deysan. Mendan arazlaganingda esa: "Yo'q, Ibrohim (a.s.)ning parvardigori

bilan qasamyod qilaman", deysan", dedilar. Hz. Oyisha Rasulullohning to'g'ri aytganlarini

tasdiqlab: "To'g'ri, lekin faqat nomingiznigina aytmayman, dedim", deb hikoya

qiladilar.Hz. Oyisha (.a.)ning Rasululloh (s.a.v.)ga to'g'ri aytdingiz, deb qo'ya qolganda,

albatta Rasulullohga og’ir tuyulardi.

Keyingi so'zlari bilan hamma vaqt ko'nglim sizda, demoqchi bo'ldilar va shu bilan

Rasulullohning ko'ngillarini shod qildilar.

190-bob. Birodari bilan bir yilgacha gaplashmay yurgan kishi haqida

409-hadis. Abu Xarosh Aslamiy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh

(s.a.v.)ning: "Kishi o'z birodari bilan bir yilgacha so'zlashmay yursa, go'yo uning qonini

to'kkandek bo'ladi", degan gaplarini eshitdim", dedilar.

410-hadis 409-hadisning aynan takrori bo'lib, fatsat u Imron ibn Abu Anasdan rivoyat

qilingan.

191-bobdagi 411-hadis 404-hadisning aynan takrori, 412-hadis ham 'oqoridagi

hadislarning mazmunan takroridir.

192-bob. Adovat haqida

413-hadis 189-bobdagi 405-hadisning aynan takrori.

414. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Nabiy muhgaram (s.a.v.): "Qiyomat

kuni Allohtaolo huzurida odamlarning eng yomonlaridan birovlarga bir yuz bilan,

ikkinchilarga ikkinchi yuz bilan qaraydigan ikki yuzlamachi kishi bo'ladi", deganlarini

xabar qiladilar.

415. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Gumonsirashdan o'zingizni

saqpang, chunki gumon bilan aytilgan gap gapning eng yolg'oni bo'ladi. Xaridorni aldash

www.ziyouz.com kutubxonasi 65

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!