19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

"Oyisha bunday qilishdan tiyilsin, bo'lmasa men unga hajr qilaman", deb qasam ichdilar.

Bu gap hz. Oyishaga yetkazildi. Shunda hz. Oyisha: "Abdulloh ibn Zubayr shunday

degan bo'lsa, men u bilan aslo gaplashmaslikni o'zimga nazr qildim", deb so'zlashmay

yurdilar. Hz. Oyishaning so'zlashmay yurishlari uzoqqa cho'zilgandan keyin, Abdulloh

yarashtirib qo'yish uchun muhojirlarni vosita qilsa ham Oyisha: "Bu to'g'rida hech

kimning vositachiligini aslo qabul qilmayman va o'z-o'zimga olgan nazrimni ham sira

buzmayman", deb qasam ichdilar. Bu holat yana davom etavergach, Abdulloh Bani

Zahra qabilasidan bo'lgan Musavvar ibn Mahrama (r.a.) bilan Abdurrahmon ibn Asvad

ibn Yag'us (r.a.)larga murojaat kdlib, hz. Oyisha huzuriga kirishlarini iltimos qildilar va

mendan aloqani uzaman, deb nazr qilmoq Oyishaga durust emas, dedilar. Shunda

Musavvar bilan Abdurrahmon ikkovlari Abdulloh ibn Zubayrni o'z ridolariga o'raltirib hz.

Oyisha huzurlariga kelib salom berib: "Kirsak mumkinmi?" - deb ruxsat so'rashdi. Hz.

Oyishaularga: "Kiringlar", degan edilar, ular: "Hammamiz kiraveraylikmi?" - deyiishdi.

Hz. Oyisha oralarida Abdulloh ibn Zubayr ham borligini bilmay qolib: "Hammangiz

kiraveringlar", dedilar. Ich-kariga kirish bilan Abdulloh ibn Zubayr Oyishaga ro'baro'

bo'lgach, u kishini quchoqlab yig'layverdi. Shu paytda Musavvar bilan Abdurrahmonlar:

"Endi siz Ab-dulloh ibn Zubayr bilan yarashmasangaz bo'lmaydi. Uning uzrini qabul

qiling, Rasulullohning: "Kishi uch kundan ortiq o'z birodari bilan arazlashib yurmog'i

durust emas", degan so'zlarini o'zingiz yaxshi bilasiz", deyishdi. Bular ko'p

yalinaverganlaridan keyin hz. Oyisha: "Men u bilan so'zlash-mayman, deb nazr qilgan

edim, nazr masalasi og'ir", deb yig'ladilar va oxiri u bilan so'zlashdilar, qilgan nazrlaridan

qutilish uchun qirqta qulni ozod qildilar. Keyingi vaqtda hz. Oyisha bu voqeani eslab

yig'lar, hatto ko'z yoshlari bilan ro'mollarini ho'l qilib yuborgan edilar.

Birovning qobiliyatsizligi, aqliga xalal yetganligi yoki yoshi kichikligi tufayli savdo-sotiq

ishlariga bevosita aralashishdan man qilib qo'yish istilohda hajr deyiladi.Nazr qilmoq -

niyat, va'da, avd qilmoq.Bani Zahra qabilasi Rasululloh (s.a.v.)ga ona tomonidan

qarindosh bo'lgani uchun hazrat Oyisha ularni juda sevardilar.

189-bob. Musulmonning arazlab yurishi haqida

403. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi:Rasululloh (s.a.v.): "Bir-biringiz bilan

achchiqdashmang, hasad qilmang, teskari qarab ketmang. Ey, Alloh taoloning bandalari!

Bir-birlaringiz bilan aka-uka bo'linglar. Hech bir musulmon kishi o'z birodaridan uch

kechadan ortiq arazlab yurishi joiz emasdir", dedilar".

404. Abu Ayub (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Hech bir kishi o'z

birodaridan uch kundan ortiq arazlab yurmog'i halol emas. Ikkalasi to'qnashib, biri u

yoqqa, ikkinchisi bu yoqqa yuz o'garishib ketmasin, ularning yaxshirog'i avval salom

berganidir", dedilar".

405. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shun-day deganlarini xabar qildi: "Birbiringizga

yovlik qilmang, dunyo moli uchun bir-biringiz bilan musobaqa qilmanglar. Ey,

Allohning qullari! Qardosh bo'linglar".

406. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki kishi Alloh taolo

uchun yoki Islomda bo'lganlari uchun bir-biri bilan do'st tutingan bo'lsa, bittalaridan bir

gunoh o'tib qolsa, bu narsa darhol ularning oralarini ajratib yubormasin"*, dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 64

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!