19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Alloh rizosi uchun qilingan taqsim emas", dedi. Men bu gapni albatta Rasululloh

(s.a.v.)ga yetkazaman, deb huzurlariga borganimda sahobiylar bilan o'tirgan ekanlar.

Ansoriyning gapini sekin quloqpariga aytdim, u zotga og'ir tushdi, g'azablandilar,

ranglari ham o'zgarib ketdi. Hatto men bu xabarni yetkazmasam bo'lar ekan, deb afsus

qildim. Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) bundan ham ko'proq ozor chekkan bo'lsalar

ham sabr qilgan edilar", dedilar".

183-bob. Munosabatlarni tuzatish haqida

396. Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Men sizga

namozdan, ro'zadan va sadaqadan ham darajasi ortiqroq narsani aytib beraymi?" -

dedilar. Sahobiylar: "Aytib bering, yo Rasulalloh", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "U esa

kishilarning orasi tuzuk bo'lishidir. Uning buzuq bo'lishi hamma yaxshi narsalarni

taroshlaguvchidir", dedilar.

397. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Qur'ondagi "Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni

tuzatingiz", (8:1) degan oyatida mo'minlarning Allohdan qo'rqishi zarurligi va

munosabatlarini tuzatishlari kerakligi ta'kidlangan".

184-bob. So'zingga ishonuvchi kishiga yolg'on gapirish haqida

398. Suf'yon ibn Us'yad Hadramiydan rivoyat qilindi. "Bir kishi: Rasululloh (s.a.v.)ning:

"Gapingga qattiq ishonadigan birodarlaringga yolg'on so'zni aytmog'ing katta

xiyonatdir", degan hadislarini eshitdim", dedilar".

185-bob. Amalga oshirolmaydigan narsani va'da qilish haqida

399. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Birodaring bilan

janjallashma va hazil qilishma hamda ijro etolmaydigan narsani unga va'da qilma",

dedilar".

186-bob. Nasablar to'g'risida ta'na qilish haqida

400. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Ikkita narsa

bor, ummatlarim shu ikkita narsani tark qilolmayaptilar, biri O'lgan kishi uchun ovoz

chiqarib yig'lash, ikkinchisi nasablar haqida bir-birlariga ta'na qilish".

187-bob. Kishi o'z qavmini sevishi haqida

401. Fasida degan xotinning otasi aytdi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan bir kishi o'z

qavmiga zulm qilishga yordam bersa, bu asabiyatdan hisoblanadimi?" - deb so'radim.

Rasululloh (s.a.v.): "Ha, asabiyatdan hisoblanadi", dedilar".

Asabiyat - ota tomonidan bo'lgan qarindoshlarni himoya va mudofaa qilish.

188-bob. Araz haqida

402. Hz. Oyisha (r.a.)ningjiyaBlari (akalariningo'g'illari) Avf ibn Horis rivoyat qildi: Hz.

Oyisha bir narsa sotganlari yoki xayr-ehson qilganlari uchun Abdulloh ibn Zubayr (r.a.):

www.ziyouz.com kutubxonasi 63

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!