19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

178-bob. Qushlarni qafasda saqlash haqida

388. Hishom ibn Urva (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi : "Ibn Zubayr Makkada bo'lgan

vaqtlarida shunga guvoh bo'ldilarki, sahobiylar qushlarni qafasda ko'tarib olib yurishar

ekan".

389-hadis 134-bobdagi 271-hadisning takrori.

179-bob. Odamlar orasida yaxshilik tarqatish haqida

390. Aqaba ibn Mu'zit (r.a.)ning qizi Ummu Qulsum (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning:

"Kishilar orasini tuzatshp, sulhga keltirish uchun "yaxshiliklarini gapiradigan kishini

yolgonchi deb aytilmaydi", degan hadislarini eshitab rivoyat qiladilar. Ummu Qulsum:

"Men Rasululloh (s.a.v.)dan odamlar orasini isloh qilish uchun yolgon so'zlash, er o'z

xotinining ko'nglini ko'tarish uchun unga yolg'ondan va'da qilish va xotin erining

muhabbatini o'ziga jalb qilish uchun ba'zan yolg'on gaplarni so'zlash, mana shu uch

holatdan bo'lak vaqtda kishilar orasida bo'ladigan yolgon gaplardan hech biriga ruxsat

berganlarini eshitmadim", dedilar.

180-bob. Yolg'on gapirmoq durust emas

391. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi aytdilar: "Nabiy muhtaram

(s.a.v.): "Rost gapiringlar, chunki rostgo'ylik yaxshiliklarga boshlaydi va bu yaxshiliklar

esa jannatga yo'llaydi. Kishi rost gapiraversa, u Alloh taolo huzurida juda rostgo'y deb

yozilib qoladi. Yolg'on gapirishdan o'zlaringizni saqlang, chunki yolg'on gapirish hamma

buzuqliklarga olib boradi, buzuqlik esa do'zaxga yo'llaydi. Kishi yolg'on gapiraversa,

Alloh huzurida yolg'onchi bo'lib yozilib qoladi", deganlar".

392. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Xoh chindan, xoh hazil

tariqasida yolg'on so'zlamoq ham, biror narsa va'da qilib, uni amalga oshirmaslik ham

durust emas", dedilar.

181-bob. Odamlarning ozoriga sabr etmak haqida

393. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan riyuyat qilindi. U kishi "Nabiy muxtaram (s.a.v.):

"Kishilarga aralashib, ulardan yetadigan ozorga sabr kdlgan mo'min banda beradi-gan

ozorlarga chidamay, ularga aralashmay yuradigan kishilardan yaxshiroqtsir", deganlar",

deb xabar qildilar.

182-bob. Aziyatga sabr etmak haqida

394. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.):

"Odamlardan eshitadigan ozorga Alloh taolodan ko'ra chidamlirog'i yo'q. Odamlar Alloh

taoloning bolasi bor, deb g'iybat qiladilar. Shunga qaramay Alloh taolo ularga sihatsalomatlikni

va rizqparini beraveradi", dedilar".

395. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har vaqtdagidek

g'animatlarni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: "Vallohi, billohi, bu taqsim

www.ziyouz.com kutubxonasi 62

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!