19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

o'z tevasini Alloh yo'liga sadaqa qilinsin, deb vasiyat qilgan ekan. Men shu

amakivachchamning o'g'liga: "Tevani menga ber, chunki men Abdulloh ibn Zubayrning

lashkarida xizmat qilib turibman", deganimda, u: "Abdulloh ibn Umar huzuriga borib, bu

haqda u kishidan so'raymiz", dedi. Shu bilan ikkimiz Abdulloh ibn Umarga borib, voqeani

aytdik. Abdulloh ibn Umar amaki-vachchamning o'g'liga qarab: "Ey, o'g'ilcham,

qilinadigan har bir yaxshi ish Allohning yo'liga deb hisoblanadi. Otang o'z tevasini Alloh

yo'liga sadaqa qilinsin, deb vasiyat qilgan bo'lsa, qachonki musulmonlar mushriklar bilan

g'azot qilayotganini ko'rsang, tevalarni shularga beraver. Ammo bu Abu Ajlon va uning

sheriklari Abdulloh ibn Zubayr yo'lidadir. Bular har qaysisi mehr

qo'yishni istaydigan kishilardan", dedilar".

Mehr qo'yish - buyruqlari amalga oshirilishi zarur bo'lgan boshliq deyilmoqchi .

375. Jarir (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning: "Marhamatsiz kishiga Alloh taolo ham marhamat

qilmaydi", degan gaplarini eshitdi.

376. Hz. Umar (r.a.) dedilar: "Marhamatsiz kishiga Alloh taolo ham marhamat qilmaydi.

Boshqalar aybini yashirib yurmaydigan kishining ham aybini yashir-maydi. Boshqalar

gunohini kechirmaydigan kishining ham gunohi kechirilmaydi va sirni saqlamaydigan

kishi saqlanmaydi, dedilar.

Ya'ni yomon ishlardan saqlanib tavba qilmaydigan kishini Alloh taolo o'zining azobidan

saqlamaydi, degan ma'noda

174-bob. Yer yuzidagi maxluqlarga marhamatli bo'l

377. Hz. Umar dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmaydi,

kechirmaydigan kishi kechirilmaydi, tavba qilmagan kishidan tavba qabul qilinmaydi,

haromlardan hazar qilmagan kishi muhofaza etilmaydi".

378. Qurra ibn Ilyos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: Bir kishi: "Yo Rasulalloh! Men qo'y

so'yaman, lekin unga o'zimning rahmim keladi", dedi. Unga Rasululloh (s.a.v.): "Ko'yga

rahm qilsang, Alloh taolo senga ham rahm qiladi", deb shu so'zlarini ikki martaba

qaytardilar, deb hikoya qiladilar.

379. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men rostgo'y va rostgo'yliklariga

ishonilgan Abulqosim - Rasululloh (s.a.v.)dan: "Rahm-shafqat bad-baxt kishidan bo'lak

hech kimdan tortib olinmaydi", degan so'zlarini eshitgan edim", dedilar.

380-hadis 375-hadisning aynan takrori.

175-bob. Ahli ayollarga rahmdil bo'lish haqida

381. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) ahli ayollarga

juda rahm-dil kishi edilar. Ibrohim degan o'g'lilari Madinaning bir chekkasiga sut emish

uchun yuborilgan edi. Bolaga sut emizadigan xotinning eri izxir yoqib tirikchilik qilardi.

Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan unikiga borganimizda, uyning ichi tutun bilan to'lganiga

qaramay Rasululloh (s.a.v.) bolani o'par va bo'yini iskar edilar", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 60

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!