19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

oq tushgan musulmon kishini, Qur'oni karimga amal qilishdan yuz o'girmaydigan hofizul-Qur'onni

va adolat bilan ish olib boradigan amaldorni hurmat qilmoq Alloh taoloni

hurmat qilmoqning belgisidandir", dedilar.

363-hadis 358, 359, 360, 361-hadislarning aynan takrori.

1 Hofizu-l-Qur'on - Qur'on suralarini to'liq yod oluvchi qori anglashiladi

165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug' kishi boshlaydi

364. Rofi' ibn Xudayj va Sahl ibn Abi Xasma (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Sahl bilan

Muhayyasa ibn Mas'ud (r.a.)lar Xaybarga kelib u yerdagi xurmozor ichiga kirib ketishdi.

Shu yerda Abdulloh ibn Sahl o'ldirildi. Shunda Abdurrahmon ibn Sahp bilan ibn

Mas'udning ikki o'g'li - Husaya va Muhayyasalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib

Abdulloh ibn Sahlning o'ldirilganligi haqida xabar berishdi. Gapni ularning eng kichigi

bo'lgan Abdurrahmon boshlagan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Kattarog'ingiz gapirsin",

dedilar. Ular bo'lgan voqeani bayon qilib bo'lgach, Rasululloh (s.a.v.): "Birodaringizni

o'ldirgan kishi noma'lum bo'lgani uchun sizlardan ellik kishi Abdulloh ibn Sahlni

yahudiylar o'ldirgan, deb qasam ichsin", dedilar. Ular: "Yo Rasu-lalloh! Biz uni yahudiylar

o'ldirganini ko'rgan emasmiz", deyishdi. Rasululloh: "Unday bo'lsa, yahudiylardan ellik

kishi uni biz o'ldirgan emasmiz, deb qasam ichadi", deganlarida, ular: "Biz yahudiylar

qasamiga ishonmaymiz, chunki ular kofir, yolg'ondan qasam ichmoqtsan qo'rqmaydilar",

deganlaridan keyin Rasululloh baytul-moldan uning xunini to'ladilar". Sahl Abi Xasma:

"Men o'sha tevalardan biggasini uchratdim. U meni tepdi", dedilar.

166-bob. Kattalardan avval fikr aytmaslik haqida

365. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga

zarar yetkazmaslikda musulmon kishiga o'xshagan bir daraxt bor. Alloh taolo amri bilan

u daraxt hamma vaqt mevasini beraveradi va yerga to'kilmaydi, shu qaysi daraxt,

bilasizmi?" - deb so'radilar. Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bu xurmo daraxtidir", degan fikr

mening xayolimga keldiyu, lekin Abu Bakr Siddiq (r.a.) va otam Umar (r.a.)lar javob

qaytarmaganlari uchun men buni aytmoqni o'zimga ma'qul ko'rmadim. Keyin Rasululloh

(s.a.v.) o'zlari: "Bu xurmo daraxtidir", dedilar. Shundan keyin men otam bilan chiqib

ketayotganimda otamga: "Rasululloh (s.a.v.) aytayotgan bu daraxtlari xurmo ekanligi

xayolimga kelgan edi", dedim. Shunda otam: "Nega aytmading, agar aytganingda, men

uchun falon-falon narsalardan ham yaxshiroq bo'lar edi", dedilar. Men: "Siz ham, Abu

Bakr Siddiq (r.a.) ham so'zlamaganlaringizdan keyin men gapiripshi o'zimga munosib

ko'rmadim", dedim".

167-bob. Yoshi ulug'larni ishboshi qilish haqida

366. Qays ibn Osim ibn Sinon (r.a.) o'lim oldida bolalariga vasiyat qildilar: "Alloh

taolodan qo'rqinglar. Yoshi kattaroklaringizni o'zlaringizga boshliq qilinglar. Qaysi

qavmga yoshi ulug' kishi boshliq bo'lsa, o'sha ota o'rniga o'tadi. Kichikroqlari boshliq

bo'lsa, o'z tengdoshlari o'rtasida uyat va haqoratga qoladi. Molni topish va uni rasamadi

bilan ishlata bilish harakatida bo'linglar, chunki mol saxiylar darajasini ko'taradi va

baxillarga muxtoj qilmaydi. Kishilardan biror narsa so'rashdan o'zingizni sakdang, chunki

so'rashlik kishining eng oxirgi noilojlik holatidir. Men vafot etganimda ovoz chiqarib

www.ziyouz.com kutubxonasi 58

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!