19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

345. Avs ibn Sari' (r.a.)dan rivoyat qilitsdi, u kishi "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga

kelib: "Yo Rasulalloh! Men she'r bilan Alloh taoloni va sizni maqtadim", dedim.

Rasululloh (s.a.v.): "Allohhamdni sevadi", dedilar. Keyin men she'rimni Rasululloh

(s.a.v.)ga o'qiy boshladim. Shu vaqtda novcha, boshining old tomonida sochi yo'q bir

kishi kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. Shunda Rasululloh

(s.a, v.) menga: "Bo'ldi, jim o'gir", dedilar. Keyin u kishi kirib Rasululloh (s.a.v.) bilan

ozgina so'zlashdida, chiqib ketdi. Yana she'rimni o'qiy boshladim. U kishi yana keldi.

Rasululloh (s.a.v.) yana menga "jim o'tir", dedilar. Xullas, u kishi ikki yo uch marotaba

keldi. Rasululloh (s.a.v.) esa har kelganda meni jim turishga buyurardilar. Keyin men:

"Yo Rasulalloh! Bu kshpi kim bo'ladiki, har kelganda meni o'qishdan to'xtatdingiz?" - deb

so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu kishi botil gapni (she'rni) yaxshi ko'rmaydigan odam" ,

dedilar" .

157-bob. Shoirga sadaqa

346. Yusuf ibn Abdulloh ibn Nujayd aytdilar: "Otamning aytishicha, Imron ibn Husayn

(r.a.) oldiga bir shoir keldi. Imron unga bir narsa in'om qildi. Shunda kimdir unga:

"Shoirga ne uchun ehson berdingiz?" - deb so'raganda, u: "Men o'z obro'yimni saqlash

uchungina shoirga in'om qilaman", dedi".

158-bob. Do'stingizni malol keladigan darajada e'zozlamang

347. Muhammad ibn Sirin (r.al.)ning aytishiga qaraganda, sahobiylar: "Do'stlaringizni

ularga malol keladigan darajada e'zoz qilmang", der ekanlar.

1 Roviylarning bergan xabarlariga ko'ra, bu kishi Umar ibn Xattob edilar .

159-bob. Ziyorat qilish haqida

348. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi do'stini ziyorat qilsa,

Alloh taolo unga: "Hayoting yaxshi o'tsin! Yaxshi ish qilding va jannatdan o'zing uchun

joy hozirlading", deydi, deb ta'kidladilar".

349-hadisda Salmon Forsiyning nomunosib kiyinishi haqida gap boradi va ehtimolki

kotiblar ko'chirishi natijasida ma'no anglashilmay qolgan, shuning uchun tushirib

qoldirildi.

160-bob. Ziyoratchining duosi

350. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ansorlardan birining xonadoniga

kirdilarda, taom yedilar. Keyin chiqib ketayotganlarida: "Bu yerga bir joynamoz

keltirsanglar", deb buyurdilar. Shunda bir sholchaga suv sepib keltirildi. Unda nafl

namoz o'qib, xonadon haqiga duo qilib ketdidar".

351. Solih ibn Umar aytdi: Abdulkarim Uba Umayya yungdan bo'lgan kiyimlarini kiyib

Abul Oliya huzurlariga keldi. Shunda Abul Oliya unga: "Bu nasoro rohiblarining kiyimi,

musulmonlar bir-birlarini ziyorat qilishga borganlarida yasanib, yaxshi kiyimlar kiyib

borar edilar", dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 56

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!