19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

149-bob. Kofirga la'nat o'qish haqida

324. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Yo Rasulalloh! Mushriklar haqida duoibad qiling!" -

deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Men duoibad qiluvchi, la'nat etuvchi emas, balki

marhamat qiluvchi bo'lib yuborilganman", dedilar.

150-bob. Gap tashuvchi haqida

325. Hammol ibn Horisdan rivoyat qilindi, u kishi: "Biz Huzayfa ibn Yamon bilan birga

edik, shu vaqtda u kishiga odamlar gapini hz. Usmon (r.a.)ga yetkazib turadigan bir

kishi haqida shikoyat qilindi. Shunda Huzayfa: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yashirin

ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi

odam jannatga kirmaydi", degan so'zlarini eshitganman, dedilar".

326. Asmo' binti Yazid (r.a.) dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Men

sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, aytib

bering", deyishdi. "Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Alloh taoloni eslatadilar.

Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan yurib do'stlar orasini buzuvchi,

begunoh odamlarga buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini izlovchi

kishilardir", dedilar".

Ya'ni ular qachon kishilar orasiga kirsalar, darhol amri ma'ruf va naxyi munkar

qiladilarda, beparvo bo'lgan odamlarni ogohlantirib, Rabbi-l-izzat tomonga moyil

bo'lishga da'vat qiladilar. Allohni eslatadilar so'zvdan murod, vallohu a'lam, shu bo'lsa

kerak .

151-bob. Yomon so'z tarqatuvchi kishi haqida

327. Hz. Ali (k.v.): "Yomon so'zni aytuvchi bilan uni boshqalarga oshkora qiluvchi - ikkisi

gunohkorlikda barobardir" , dedilar.

328. Shubayl ibn Avf aytdilar: "Eshitgan yomon gapini yoygan odam o'sha yomon gapni

to'qib chiqargan kishi kabidir"

329. Ibn Jurayj Ato ibn Abi Raboh (r.a.)dan rivoyat qiddi, u kishi: "Fohishani oshkor

qilgan kishiga boshqalarga ibrat bo'lsin uchun jazo berish kerak", der edilar.

152-bob. Odamlardan ayb izlagan kishi haqida

330. Abu Tihyo Hakim Sa'ddan rivoyat qilindi, u kishi: "Men hz. Alvdan: "Sizlar buzuq

ishlarni qil-gan kishini uyaltirish uchun uning aybini oshkora qiluvchi va sirni ochuvchi

bo'lmang, chunki orqalaringizda sizni mashaqqatga soluvchi, xafa qiluvchi bolalar va

uzoq vaqt davom ladigan turli fitna va mashaqqatlar bor", degan gaplarni eshitdim",

dedilar".

331. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Sen bir birodaringaing

ayblarini zikr qil-moqchi bo'lsang, avval o'z ayblaringni esla!" - dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 53

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!