19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

(s.a.v.): "Ey, Oyisha! Ko'y, unday dema, og'ir bo'l, qat-tiq muomala qilishdan va

qarg'ashdan o'zingni sakla", dedilar. Men: "Yo Rasulalloh! Bularning gapini

eshitmadingizmi?" - dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Sen ham mening gapimni

eshitmadingmi? Men ularga "va alaykum", ya'ni, "Aytgan gaplaringiz o'zlaringizga

bo'lsin", Dedim. Alloh taolo mening ularga qilgan duoi badimni qabul qiladi, ammo

ularning menga qilgan yomon tilaklarini qabul qilmaydi", dedilar".

315-hadis mazmuni 312-hadisda bor, faqat bu hadis Abdullohdan rivoyat qshshngan.

316. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki

yuzlama kishiga hech ishonmaslik kerak", dedilar".

317. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir mo'minning razil fe'li uning buzuqligidan dalolatdir",

dedilar.

318. "Birovga la'nat o'qiganlar o'zlari la'natlandilar", dedilar hz. Ali (k.v.). Marvon (r.a.):

"Ha, o'sha insonlarga la'nat o'qigan kimsalardir", deb tasdiqladilar.

146-bob. La'natlovchi kishilar haqida

319. Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishilarga la'nat etuvchilar qiyomat kuni

shohid ham, shafoat qiluvchi ham bo'la olmaydilar", dedilar".

Shohid "guvoh bo'luvchi" ma'nosida bo'lib, qiyomatda boshqa payg'ambarlar o'z

vazifalarini ummatlariga yetkazganlari haqida guvoh bo'luvchi yoki ular fosiq bo'lgani

uchun boshqa kishilar haqida guvohlik bersalar, guvohliklari shariatda qabul qilinmaydi

yoxud qiyomat kuni shohid kishilar qatorida bo'la olmaydilar va shafi' esa, qiyomat kuni

qavm-qarindoshlari va do'st-birodarlariga shafoat qila olmaydilar, ma'nosida.

320. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga chin ko'ngil bilan qattiq

ishonuvchi kishi boshqalarga la'nat yog'diruvchi bo'lmasligi kerak", dedilar".

321. Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Qaysi bir jamoat bir-birlariga

la'nat yog'dirsa, la'natlari o'z ustilariga yog'iladi", dedilar.

147-bob. Ko'ngli sof kishi la'nat o'qimas

322. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Otam Abu Bakr Siddiq (r.a.) qullaridan biriga la'nat

o'qidilar. Buni Rasululloh (s.a.v.) eshitib: "EyAbu Bakr! Allohga qattiq ishonuvchilar

bilanla'nat o'quvchilar haqidagi gaplarim qaerda qoldi? Yo'q, bunday bo'lmasligi kerak",

deb ikki yo u uch marotaba takrorladilar. Otam o'sha kuniyoq qulni ozod qilib, Rasululloh

(s.a.v.)ga: "Men ikkinchi martaba shunday qilmayman", deb uzr aytdilar".

148-bob. Bir-biringizni duoibad qilmangiz

323. Samura ibn Jundub (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Ey, ummatlarim! Birbiringizni

senga Allohning la'nati, g'azabi va do'zaxi bo'lsin, deb duoibad qilmanglar!" -

dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 52

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!