19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Rasululloh (s.a.v.)dan: "Amallarning qay biri xayrli?" - deb so'radilar. "Al-lohga

ishonmoq va Alloh yo'lida jihod qilmoq", deb javob berdilar. Ashoblar yana bunday savol

berdilar: "Qul va cho'rilardan qay birini ozod qilish xosiyatli hisoblanadi?" "Xojalariga eng

sadoqatlilarini", dedilar. Shundaylarini ozod qilolmasamchi?" - so'radi kimdir. "U holda

bechora odamga yordam qilasan yoxud birovga yordam berolmagan odamning o'rniga

shu ishni sen qilasan", deb marhamat qildilar. "Agar bundan ham ojiz bo'lsamchi? - dedi

o'sha sahobiy. "Insonlar-ni yomoshshkdan qaytar! Bu ham o'zing uchun sadaqadir",

dedilar.

309.Abu Muso (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sadaqa barcha

musulmonlarga vojibdir", deb marhamat qiddilar. "Agar mo'min kishi sadaqa uchun

biron narsa topolmasachi?" - deb so'rashdi. "Qo'llari bilan mehnat qilsin; ham o'ziga

foyda, ham sadaqa bera oladi", deb marhamat qildilar. "Mehnat qilish-ga kuchi

yetmasasi?" - deb so'radilar. "Yaxshilik qilsin", dedilar. "Bu ish ham qo'lidan

kelmasachi?" - deb so'radilar. "O'zini yomonlik qilishdan saqlasin, zero, bu ham uning

sadayoqasi bo'ladi", dedilar.

144-bob. Alloh taolodan axloqini yaxshi qilishni so'ragan kishi haqida

310. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ko'pincha: "Ey, Rabbim! Men

sendan tan sog'ligini, nafsi ammoradan saqlashingni, O'zingga va xalqlaringga ishonchli

bo'lishning yaxshi axloqli bo'lish va taqdirga rozi bo'lishga muyassar qilishingni

so'rayman", deb duo qilar edilar".

311. Yazid ibn Bobanus aytdilar: Biz hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga kirib: "Rasululloh

(s.a.v.)ning axloklari qanday edi?" - deb so'radik. Hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh

(s.a.v.)ning axloklari Qur'onda buyurilganning xuddi o'zi edi", dedilarda: "Sizlar

"Mu'minun" surasini o'qiysizmi?" - deb so'radilar va menga: "Qani "Qad aflaha-lmu'minun"

(Mo'minlar najot topdilar)dan o'qib ber-chi", deb buyurdilar. Men "Ular

namozlarida o'zlarini kamtar tutuvchidirlar. Ular (behuda so'z va ishlar)dan yuz

o'garuvchidirlar. Ular zakotni ado etuvchidirlar. Ular avratlarini (haromdan)

saqpyuvchidirlar", degan (23:1-5) oyatlarni o'qidim. Shunda hz. Oyisha (r.a.):

"Rasululloh (s.a.v.)ning axloklari xudtsi mana shu oyatlarda buyurilgatsdek edi", dedilar.

145-bob. Mo'min odamlarni la'natlovchi bo'lmaydi

312. Solim ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi: "Men otam Abdulloh ibn Umar

(r.a.)ning kishilargagina emas, hatto boshqa maxluqlarga ham la'nat aytganlarini sira

eshitmadim", dedilar va hz. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Mo'min

kishi aslo la'nat etuvchi bo'lmasligi lozim", degan muborak hadislarini rivoyat qildilar,

dedilar".

313. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo yomon iboralar

bilan so'kuvchi va og'zini shunday so'kishga o'rgatgan kishini yaxshi ko'rmaydi",

dedilar".

314. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzuriga yahudiylar kelib: "Assomu

alaykum" (sizga o'lim bo'lsin), dedilar. Shunda men: "O'lim o'zlaringizga bo'lsin va Alloh

taoloning la'nati va g'azabi ham sizlarga bo'lsin!" - deb qarg'adim. Shunda Rasululloh

www.ziyouz.com kutubxonasi 51

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!