19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

136-bob. Ko’z to’qligi haqida

279. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.):

"Boylik molning ko’pligi bilan emas, balki (chin) boylik nafsning boyligidir", deganlar".

Nafsning boyligi topgan moliga qanoat qilish, uning barakotini Alloh taolodan so’rash,

odamlarning qo’lidagi boyligidan tama' qilib, rabbil olamindan haram bo’lishdan panoh

so’rashdan iborat.

280-hadis mazmuni 164-hadisda bor.

281. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) marhamatlik kishi edilar. U

zotdan kim nima so’rab kelsa, darhol berar edilar, u narsa qo’llarida bo’lmasa, (falon

kuni beraman deb) va'da qilardilar. Bir kun xufton namozini o’qish uchun muazzin takbir

aytdi, shu vaqtda bir a'robiy keldida, Rasululloh (s.a.v.)ning kiyimlaridan ushlab: "Sizga

aytadigan hojatimdan ozginasi qoldi, uni hozir aytmasam, unutib qo’yaman, deb

qo’rqaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) u bilan chiqib, hojatini bitirib keldilarda,

keyin namozga shuru' qildilar, deb xabar qiladilar".

282. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har bir ishga "Xayr!" deguvchi

edilar".

283. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning ikkala qizlari

Hz. Oyisha (r.a.) va Hz. Asmo' (r.a.)dan ko’ra saxiyroq xotinlarni ko’rmadim. Lekin

bularning saxovati ikki xil edi. Hz. Oyisha (r.a.) ehson qilish uchun narsalarni yig’ibyig’ib

borardilarda, ular ko’paygandan keyin bir yo’la hammasini faqir miskinlarga

ulashar edilar. Ammo As-mo (r.a.) esa qo’llariga nima kelsa, ertasini kutmay, shu

kunning o’zidayoq tarqatib yuboraverar edilar".Hz. Oyisha (r.a.) narsa ko’payganda

sadaqa qilsam hammaga bemalol kifoya qiladi, degan fikrda bo’lsalar, Asmo' (r.a.)

Rasululloh (sa.v.)ning "Ehson qiladigan narsangni to’plab yurma!" degan hadislariga

amal qilgan edilar.

137-bob. O’ta ketgan baxillik haqida

284. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh yo’lida qilingan g’azot

vaqtida ko’tarilgan chang bilan do’zaxning tutuni hech bir bandaning ichida jam

bo’lmaydi va o’taketgan baxillik imon bilan ham bir bandaning ko’nglida jam

bo’laolmaydi", deganlar".

Binobarin, dushmanga harshi g’azot paytida ko’tarilgan chang jangchilarga asar

qilmagandek, do’zax o’tiga ham doxil bo’lmaydi. Xuddi shuningdek, saxiylik va baxillik

bir joyda, bir axloqsa mushtarak bo’laolmaydi.

285-hadis 284-hadisnshg takrori, faqatbu Abu Said Xudriy (r.a.) dan rivoyat qilingan.

286. Abdulloh ibn Robi'a aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) oldilarida o’tirgan edik.

Shu vaqtda bir kishi va uning axloqi haqida gap ketdi. Abdulloh (r.a.): "Siz u kishining

boshini kessangiz, keyin uni o’z o’rniga qo’ya olasizmi?" - deb so’radilar. Utirganlar:

"Yo’q, uni o’z o’rniga qo’yishga qodir emasmiz", deyishdi. Yana Abdulloh (r.a.): "Uning

oyog’ini yoki qo’lini kesganingizdan keyin ularni joy-joyi-ga o’zidek qilib o’rnata

olasizmi?" - dedilar. Ular: "Yo’q, albatta", deyishdi. Abdulloh (r.a.): "Demak, sizlar uning

www.ziyouz.com kutubxonasi 47

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!