19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

ham aralashar edilar. Hatto mening Abu Umayr kunyalik kichik ukamga: "Hoy Abu

Umayr, maynachang (yoki bulbulchang) nima bo’ldi?" - deb hazillashib yurar edilar,

dedilar". Abu Umayrning mayna yoki bulbuli bo’lib, u o’lib qolganda juda xafa bo’lib

yurardi. Rasululloh (s.a.v.) bolaning gapini eshitish va ko’nglini ko’tarish uchun shu

hazillarini qilar edilar. Abu Umayr Abu Talhaning o’g’li bo’lib, Anas ibn Molikning ona bir,

ota boshqa shshsi edi, Abu Talha Anas ibn Molikka o’gay ota bo’ladi.

272. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Hasanni yoki Husaynni (Alloh

ulardan rozi bo’lsin) qo’lidan tutib, oyoqlarining ustiga chiqarib, "Qani, turchi!", dedilar".

135-bob. Yaxshi xulqlik bo’lish haqida

273. Abu Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.):

"Yaxshi axloqdan ko’ra tarozuni bosadigan hech narsa yo’qdir", deb marhamat qilganlar.

274. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) foqish ham, mutafahhish ham

emas edilar va "Sizlarning yaxshilaringiz - axloqi yoqimli bo’lganlaringizdir", der edilar".

Fohish - muomalada yoqimsiz kishi. Mutafahhish esa, shunday badxulqlikni qasddan

qiluvchi kishi .

275. Abdulloh ibn Shu'ayb otasining Rasululloh (s.a.v.)dan shunday bir gapni eshitganini

rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Men uchun eng sevimli bo’lganingiz va qiyomat kuni

menga eng yaqin bo’luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?" - deb so’raganlarida,

Sahobiylar jim turishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu savollarini ikki yo uch martaba

qaytarganlaridan keyin, ular: "Yo Rasulalloh! Aytib bering", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.):

"Ular axloqda (xalqqa) yoqimliroq bo’lganlaringizdir", dedilar.

276. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilishdi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men

yaxshi xulqlarni kamolotga yetkazish uchun payhambar bo’lib keldim", dedilar".

Rasululloh (s.a.v.)ga birov ozor bersa, unga yomon jazo berish o’rniga insof, tavfiq

so’rab haqiga duo qilar ekanlar. Ammo Alloh taolo qaytargan ishlarni qilinsa yoki

buyruqlarini bajarilmasa, shariat qonuni bo’yicha jazo berar edilar.

277. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)ga dunyoviy ikki ishdan

birini ixtiyor qilish kerak bo’lganda, albatta ulardan gunohga oid bo’lmasa, yengilroqini

ixtiyor qilardilar. Ammo u gunohga oid bo’ladigan bo’lsa, albatta undan o’zlarini uzoq

tutardilar. O’z nafslari uchun hech kimdan o’ch olmaganlar. Lekin Alloh taoloning qudrati

va hurmati poymol qilinadigan bo’lsa, u vaqtda albatta Allohu azza va jalla uchun o’ch

olardilar".

278. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Alloh taolo azalda rizklaringizni taqsim qilib

qo’ygani-dek, xulqlaringizni ham taqsim qilgandir. Alloh taolo bu dunyoda xohlagan va

xohlamagan kishilariga ham davlat beraveradi. Ammo imonni faqat o’zi xohlagan

bandasiga beradi. Kim davlatni sarf qilishga qizg’ansa, dushmanga qarshi jihod qilishdan

qo’rqsa va kechalari (ibodat qilishdan) cho’chisa, "Lo iloha illAlloh va subhonAlloh

valhamdu lilloh vallahu akbar" kalimalarini ko’p aytib yursin, dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 46

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!