19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

262-hadis aynan shu mazmunda Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilingan.

132-bob. Ko’ngillarning yaqinligi haqida

263. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh

(s.a.v.): "Ikki mo’min banda bir-birini ko’rmay turib, ularning ruhlari bir kunlik yo’lda

uchrashadi", dedilar".

264. Abdulloh ibn Abbos, (r.a.) aytdilar: "Ne'matlar (yaxshiliklar) inkor qilinishi va

rahmdillik uzilib qo’yilishi mumkin, ammo ko’ngillarning bir-bi-riga yaqinligidek narsani

biz ko’rmadik", dedilar.

265. Umayr ibn Ishoq (r.a.) aytdilar: "Odamlardan eng avval ko’tariladigan narsa

ko’ngillarning yaqinligidir", deb o’z oramizda gapirishib yurar edik".

133-bob. Hazil haqida

266. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (bir kun) xotinlarning oldiga kirib

qoldi-lar. Shunda ularning yonida Ummu Sulaym (r.a.) ham o’tirgan edi. Rasululloh

(s.a.v.): "Ey Anjasha, shishalarni sekinroq hayda", dedilar.

Abu Kuloba (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.) "Shishalarni hayda, degan so’zni so’zladilar, agar

birortangiz shunday so’zni aytsa, uni albatta ayblagan bo’lardingiz", dedilar".Arablar

ayollarni nozik, ko’ngillarining tez o’zgarib turishi va irodalari mustahkam emasligi uchun

shishaga o’xshatadilar. Mazkur hadisda Rasululloh (s.a.v.) Anjashaga: Xotinlar oldida

tovushingni pastroq qilib so’zla! Ularning ko’ngliga keladi, demoqchi bo’lsalar kerak .

267. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan ba'zisi Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo

Rasululloh! Siz bizlar bilan hazil ham qilishasiz", deganda Rasululloh (s.a.v.): "To’g’ri,

hazil qilishaman, lekin mening hazilim aslida chin bo’ladi", dedilar".

268. Bakr ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Sahobiylar hazil qilishar va bir-birlariga qovuntarvuzlarni

otishardi. Ammo haqiqiy ishlarda ular chin er sifatlarida turishardi".

269. Ibn Ali Mulayka (r.a.) aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bir

hazil qildilar. Hz, Oyishaning onalari buni eshitib: "Yo Rasululloh! Oyisha Kinonadan

tarqalgan bu elning ba'zi hazillaridan qilib qo’ydi", degandi, Rasululloh (s.a.v.): "Balki bu

shu elimizning o’zida bo’lib turadigan hazildan qildi", dedilar" .

270. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi minadigan

ulov so’rab keldi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Minish uchun sizga urg’ochi tevaning

bolasini beraman", dedilar. U kishi: "Yo Rasululloh! Men urgochi tevaning bolasini nima

qilaman?" - deganida, Rasululloh (s.a.v.): "Axir, katga tevalarni urgochi tevalar tuqqan

emasmi?" - dedilar.

134-bob. Go’daklar bilan hazillashish haqida

271. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) bizning hazillarimizga

www.ziyouz.com kutubxonasi 45

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!