19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

128-bob. Maslahat so’raladigan kishi amin bo’lishi kerakligi haqida

257. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abul Haysam (r.a.)dan: "Sening

xodiming bormi?" - deb so’radilar. U kishi: "Yo’q", deb javob qilganlaridan keyin: "Unday

bo’lsa bizga asirlar kelganida bir kelib ket", dedilar. Asirlar kelgandan keyin Abul

Haysam ham keldilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Mana shu ikkita asirdan birini

o’zingga tanlab ol!" - dedilar. U kishi: "Yo RasulAlloh! O’zingiz men uchun tanlab bera

qoling!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Maslahat so’ragan kishi albatta amin bo’ladi.

Mana bu asirni olaqol, men uning namoz o’qiyotganini ko’rdim, unga yaxshi qara",

dedilar. Keyin Abul Haysamning xotinlari: "Siz Rasululloh (s.a.v.)ning "Bunga yaxshi

hara", degan buyruklarini faqat asirni qullikdan ozod qilish yo’li bilangana bajarasiz",

degan edi, AbulHaysam: "Unday bo’lsa men uni ozod qildim", dedilar. Shusda

Rasululloh(s.a.v.): "Alloh taolo har bir payg’ambar yoki uning xalifasini xalqqa

yuborganda, albatta ularning ikkita sirdon maslahatguyi bo’ladi. Ulardan biri yaxshilikka

buyursa, ikkinchisi unga yomonlikni tavsiya qiladi va shunday qilishdan tortinmaydi.

Mana shunday yomon maslahatgo’y sirdondan saqlanib qolgan kishi boshqa

yomonliklardan saqlanadi", dedilar".

Bu yerda Abu-l-Haysamning xotinini aqlli, yaxshi maslahatgo’y ekan, deb yaxshi sirdon

maslahatgo’yiga o’xshatadilar.

129-bob. Mushovarat haqida

258. Amr ibn Dinor (r.a.) Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qildilar: "Alloh taoloning "Ishda

ular (Sahobiylar) bilan maslahatlashgin" degan (3:109) oyatiga Ibn Abbos "ba'zi" so’zini

qo’shib, "Ba'zi ishda ular bilan maslahatlashgin", deb o’qidilar".

259. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "qaysi bir jamoat (biror ishda)

boshqa kishilardan maslahat so’rasa, albatta ularning ko’ngli eng yaxshi fikrga yo’l olgan

bo’ladi", dedilarda: "Ularning ishi o’rtalarida maslahat bilan bo’ladi", degan (42:38)

oyatini o’qidilar.

130-bob. Noto’g’ri maslahat beruvchining gunohi haqida

260. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men aytmagan so’zni kim o’zidan

to’qib mening nomimdan aytsa, u kishi do’zaxdan joyini olaversin" hamda "Bir

musulmon birodari maslahat so’raganda noto’g’ri maslahat bergan kishi unga albatta

xiyonat qilgan bo’ladi va kim birovga hujjatsiz, asossiz, noto’g’ri fatvo bergan bo’lsa,

uning gunohi o’sha fatvo bergan kishi ustiga tushadi", dedilar".

131-bob. Kishilar orasidagi muhabbat haqida

261. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening nafsim qo’lida bo’lgan zot

nomi bilan qasamyod qilaman, sizlar musulmoni komil bo’lmaguningizcha jannatga kira

olmaysiz. Musulmoni komil bo’lishingiz uchun bir-birlaringizga muhabbat qo’ymoqingiz

shart. O’rtalaringizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni oshkora beringiz va birbiringizga

jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya'ni u sochni

tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi", dedilar".

www.ziyouz.com kutubxonasi 44

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!