19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

muborak ko’kraklariga qo’ydi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) bolaga "Og’zingai och",

dedilarda, uni bo’sa qildilar va keyin: "Ey, Rabbim! Bu bolaga o’z muhabbatingni yubor,

chunki men uni sevaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.)ning shunda gapirgan gaplarini

mana shu ikki qulog’im eshitdi va qilgan harakatlarini ikki ko’zim ko’rdi".

125-bob. Tabassum qilish haqida

251. Qays (r.a.) aytdilar: "Jobir ibn Abdulloh (r.a.) shunday deganini eshitdim: "Men

musulmon bo’lganimdan beri Rasululloh (s.a.v.) meni qachon ko’rsalar, tabassum

qilardilar. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Yamanliklarning eng yaxshilaridan bo’lgan bir

kishi mana shu eshikdan kirib keladi, uning yuzida farshitalik belgisi bor", degan

ekanlar, shu vaqtda eshikdan Jobir kirib keldi (ya'ni men kirib keldim)".

252. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning ovozlarini baland chiqarib

kulganlarini sira ko’rmadim, u zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh

(s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida xafalik alomatlari sezilardi. Shunda

men: "Yo Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa kerak, deb xursand

bo’ladilar, ammo shunday paytda sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim.

Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan menga kim kafolat beradi? qaysi

bir qavmlar shamol bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu bulut bizga

yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib

qolgan", dedilar".

126-bob. Kulish haqida

253. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sa.v.): "Tovush chiqarib kulishni kam qil!

Chunki ko’p kulish dilni vayron qiladi", dedilar".

254-hadis 253-hadisning takrori va u ham Abu Hurayra (m.)dan rivoyat qilingan.

255. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar kulishib o’tirishgan vaqtida

Rasululloh (s.a.v.) chiqib qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo nomi

bilan qasamyod qilamanki, men biladigan narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p

yig’lagan bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi yig’iga aylandi. Shunda

Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo: "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid

qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey,

ummatlarim! Sizlarga shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingiz, o’rta yo’lni tanlangiz!" -

dedilar".

127-bob. Rasulullohning yurishlari

256. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan hadis rivoyat qilgan vaqtlarida: "Menga

ikki kiprigining mo’yi o’siq va ingichka, ikki beli oq, kelayotganda va ketayotganda ham

to’ppa-to’g’ri yuradigan zot so’zladilar. Birorta ko’z u zotdek kishini ko’rmagan va aslo

ko’rmaydi ham", deb Rasululloh (s.a.v.)ni ta'riflar edilar.

Beli oq degani - ich tomoni, yuragi toza, oq ko’ngilli ma'nosida.

www.ziyouz.com kutubxonasi 43

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!