19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yurardim", deydilar.

Ya'ni uning ta'sirida Rasulullohga ba'zan betoblik oriq bo’lardi, uni men qizil

o’ngachlarining rangi o’zgarganidan yoki uning turtib chiqqanidan va yallig’lanishidan

sezar edim, demoqchi.

245. Vahb ibn Kaysan dedi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) minbarga chiqib: "Afvni (qabul

qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o’giring!" (7:199) - degan oyati

karimani o’qib, "Alloh taolo afv qilishni ol, deb buyurdi. Uning nomi bilan qasamyod qilib

aytamanki, Alloh taolo afv qilishni faqat kishilarning axloqidan olishga buyurdi. Men

kishilar bilan suhbatlashar ekanman, afv qilishni albatta ularning axloqidan olaman",

degan edilar.

246. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga islomni

o’rgatinglar, ularga qiyin emas, yengil yo’lni ko’rsatinglar, qachon jahlingiz chiqsa, jim

turishga o’rganing", dedilar".

124-bob. Kishilarga ochiqyuzlilik bilan harash haqida

247. Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) bilan uchrashib, u

kishidan Tavrotda Rasululloh (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga aytib

bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan

ba'zisi Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar! Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda

barcha ummatlarga) guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va (do’zax

azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar.

(Yana Tavrotda shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan xalqlar (arablar)ni

muhofaza qiluvchi qilib yubordim", deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening

bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen

badxulq va qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi emas, balki yomonlikni

kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va

o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-lolloh" kalimasini aytib, shu kalima

bilan ko’r ko’zlarini, garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha dunyodan

ketmaysan", deyilgan, dedilar".

248-hadis 245 va 246-hadislarning takrori, hadis Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat

qilingan.

249. Muoviya ibn Abu Suf'yon (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan bir so’z

eshitdim. Shu so’z tufayli Alloh taolo menga manfaat yetkazadi. Rasululloh (s.a.v.):

"Sen kishilarning aybi va kamchiligini surishtirib yursang ularni buzib qo’yasan", degan

edi-lar. Shuning uchun men ularni buzib qo’ymay deb kamchiliklarini tekshirib

yurmayman".

Kishilar aybini qidirib, uni fosh qilinsa, oshkora qilinib yuradigan gunohlar maxfiylashadi.

Unda bir gunoh o’rniga ikki gunoh qilib, axloq tanazzulga yuz tutadi.

250. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ikki qo’llari bilan imom ?asanning

yoki imom Qusaynning ikki kaftidan ushlab ikki oyoqini o’z oyoklari ustiga qo’ydilar va

unga "balandga chiq", dedilar. Shunda bola ikki oyoqini ko’tarib Rasululloh (s.a.v.)ning

www.ziyouz.com kutubxonasi 42

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!