19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

239. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "har bir mo’min banda o’z birodarining ko’zgusidir. U

birodarida bir aybni ko’rsa, o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi

kerak".

240. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir

mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo

ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar".

241. Mustavrid ibn Shaddod (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bir

musulmon kishi sababli taom yesa, Alloh ungu do’zaxdan shunday taom beradi. Va

kimgaki bir musulmon sababli kiyim kiydirilsa, Alloh unga do’zaxdan shunday kiyim

kiydiradi va kimki bir musulmon kishi yonida riyokorlik O’rnida tursa, Alloh qiyomat kuni

uni riyokorlik maqomida turg’izadi", dedilar.

Musulmonning foydasiga ko’zgu bo’lish o’rniga, ziyoniga ko’zgu bo’lsa, ya'ni uniig aybi

va kamchiliklarini tuzatish o’rniga boshqa dushmanlariga fosh qilsa va shuning evaziga

ulardan taom va kiyimlar bilan mukofotlansa, do’zax o’tiga mustahiqdir.Riyokorlik bilan

kishilarni yolgondan maqtab, shuning badaliga ulardan mukofot olsa yoki yaxshi bir

musulmonni boshqa odamlar yomonlashayotganida ularga yaxshi ko’rinish uchun u ham

yomonlasa, degan ma'noda.

121-bob. Joyiz bo’lmagan hazillar haqida

242. Abdulloh ibn Soibning bobosidan rivoyat qilindi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Hech

qaysingiz oshnasining narsasini hazil qilib ham olmasin. Bittangiz birodarining asosini

olsa, uni egasiga qaytarib bersin", degan gaplarni eshitdim", dedilar.

Birovning narsasiga hazillashib olish birinchidan, o’sha odamni tahqirlash hisoblansa,

ikkinchilan, o’g’rilik bilan ayblansa, hazilning tagi zil bo’lib, shariat qonuni bo’yicha jazo

olishi tayin.

122-bob. Yaxshilikka dalolat qilish haqida

243. Abu Mas'ud Ansoriy (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib:

"Men yo’lda toliqib qoldim, bir ulov bering", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Menda ulov yuq.

Lekin falonchiga borsang, u ehtimol senga ulov berar", dedilar. U kishi Rasululloh

(s.a.v.) tayin qilgan odamga borgan edi, u bir ulov berdi. Keyin u Rasululloh (s.a.v.)ga

kelib, u odam ulov berganini aytganda, Rasululloh (s.a.v.): "Kim bir yaxshilikka dalolat

qilsa, o’sha yaxshilik qilgan kishiga berilgan savob barobarida savobga ega buladi",

dedilar".

123-bob. Afv etish haqida

244-hadis. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir yahudiy xotin Rasululloh

(s.a.v.)ga qo’yning zaxar solingan go’shtini olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) go’shtdan

yedilar. Keyin yahudiyani olib kelindi (bunga zahar soldingmi, deb so’ralganda, u e'tirof

qildi). Shunda: "Yo Rasululloh! Bu juhud xotinni o’ldiraylikmi?" deganlarida, Rasululloh

(s.a.v.): "Yo’q, o’ldirmanglar", dedilar. Anas: "Men bu zaharlik go’shtning asari doim

Rasululloh (s.a.v.)ning qizil o’ngachlari (lakluklari)da qolganini his qilardim va sezib

www.ziyouz.com kutubxonasi 41

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!