19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

qiladi", dedilar. Ular: "Buni ham qila olmasachi?" - deganlarida, "Yaxshilikka buyuradi",

dedilar. Ular: "Amri ma'ruf qilishni ham bilmasachi?" - Deyishdi. "Kishilarga yomonlik

qilishdan o’zini saqlaydi. Bu ham kishi uchun sadaqa bo’ladi", dedilar".

227. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga: "E RasulAlloh! Davlati bor kishilar

ko’p savoblarga ega bo’lishadi, chunki ular biz o’qigan namozimizni o’qiydilar, tutgan

ro’zamizni ham tutadilar. Buning ustiga ortiqcha mollaridan sadaqa ham qiladilar",

deyiladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo sizlarga ham sadaqa hisoblanadigan

ishlarni bergan emasmi? har bir subhonAlloh, alhamdulilloh deganlaringiz - sadaqa va

har biringizning o’z jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilib, nafsini qanoatlantirish ham

sadaqadir", dedilar. Ular: "Yo RasulAlloh! Jinsiy aloqa qilish ham sadaqa hisoblanadimi?"

- deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Agar shahvatni haromga sarflasa gunoh bo’larmidi?

Xuddi shunga o’xshash o’z haloliga sarflasa, ajr va savob bo’ladi", dedilar.

228-hadis 227-hadisning aynan takrori.

116-bob. Ozor beradigan narsalarni chetga olib qo’yish haqida

229. Abu Barza Aslamiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo RasulAlloh! Menga bir amalni

buyuringki, o’shani qilsam jannatga kirishga sazovor bo’lay", dedilar. Rasululloh (s.a.v.):

"Yo’ldan odalarga ozor beradigan narsalarni olib tashlasang, jannatga kirasan", dedilar.

230. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ko’chada yotgan bir

tikanni ko’rdida, bironta musulmonning oyoqiga ozor bermasin, deb chetga olib tashladi.

Mana shu ishi tufayli uning gunohi kechiriladi", dedilar".

231. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatlarimning qilgan

amallari yaxshilari ham, yomonlari ham menga ko’rsatildi. Yaxshi amallar orasida

ko’chada odamlarga ozor beradigan narsani chetga olib tashlanganini ko’rdim va yomon

amallari orasida masjid ichiga tuflab, keyin ko’milmay ketilgan tuprukni ko’rdim",

dedilar".

231. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.al.)ga biror narsa keltirilsa: "Buni

falonchi xotinga eltib beringlar, chunki u xotin Xadichaning do’sti edi, buni faloniy

xotinning uyiga yuboringlar, chunki u Xadichani sevardi", derdilar".

"Go’zal so’z" deb atalgan 117-bobdagi 232-hadis 225-hadisning takrori, ammo bu

Abdulloh ibn Yaziddan rivoyat qilingan. 233-hadis 231-hadisning takrori, u Aias ibn

Molikdan rivoyat qilingan, 234-hadis Huzayfa (r.a.)dan rivoyat qilingan bo’lib, 225-

hadisning takroridir.

118-bob. Payhambar so’zlarini zehnga joylash haqida

235-hadis. Amr ibn Abi Kurra Kindiy aytdilar: Ogam Abu Kurra Salmon Forsiy (r.a.)ga

o’z sevgilisini xotin qilib olishni taklif qilgan edilar. Salmon uni qabul qilmay, ozod qilgan

cho’rilari Buqayrani xotin qilib oldilar. Otamga Salmon bilan Huzayfa (r.a.) oralarida

ixtilof borliga eshitildi. Shunda u kishi Salmonni axtardilar. Salmon o’zlarining

ko’katzorlariga ketdilar, deyishgavda otam ko’katzor tomonga yo’l oldilar. Yo’dda

ko’katlardan zambilga solib, uning bandiga asolarini o’tkazib, yelkalariga ko’targan holda

www.ziyouz.com kutubxonasi 39

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!