19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yaxshiroq" – deb so’rabdi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taologa ishonmoq va uning yo’lida

jihod qilmoq", dedilar. Yana: "Qanday qulni ozod qilish yaxshi?" - deyildi. Rasululloh

(sa.v.): "Narxi qimmatroq va egasiga kerakliroq bo’lganini", dedilar. So’rovchi: "Agar

shunga qodir bo’lmasa chi ?" - degan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo’lsa, kambag’al

va yetimlarga yordam berasan va ishini uddasidan chiqa olmaydigan hunarsiz

kishilarning ishini qilib berasan", dedilar. U: "Bunga kuchim yetmasachi ?" dedi.

Rasululloh (s.a.v.): "U vaqtda odamlarga ozor berishdan o’zingni saqlaysan, bu ham o’z

joning uchun qilgan bir sadaqang bo’ladi", dedilar".

114-bob. Dunyoda yaxshilik qilganlar oxiratda mukofotga ega bo’ladilar

221. Qo’baysa ibn Burma Asadiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida

edim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu dunyoda yaxshilik qilgan kishilar oxiratda yaxshilikka

erishadilar va shariatda yomonlik deb sanalgan ishlarni qiluvchilar oxiratda yomonlikka

duchor bo’ladilar", dedilar".

Bu hadisning ikkinchi ma'nosi: bu dunyoda kishilarga manfaati tekkan odamning u

dunyoda ham manfaati tegadi, chunki dunyoda manfaatga tekkani uchun Alloh taolo

unga savob beradi, o’sha savobi tufayli gunohkor kishilarni shafoat qil ishga yo’l ochiladi.

Demak, bu dunyoda yaxshilik qilgani kabi u dunyoda ham yaxshilik qilgan bo’ladi.

222. Harmala ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi bir necha otliq hamroqlari

bilan o’z yurtidan chiqib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilar. Bir oz turganlaridan

keyingina Rasululloh (s.a.v.) u kishini tanidilar. Rasululloh (s.a.v.) u yerdan

qo’zg’alganlaridan keyin dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.) yonlariga borib tursam ko’proq

ilm o’rganaman", dedim: da, piyoda yurib yonlariga borib tik turdim va: "Yo RasulAlloh,

menga nima ish qilishimni buyurasiz?" - deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Harmala,

yaxshi deb hisoblanadigan ishni qil va yomon deyilgan ishlardan o’zingni tort!" - dedilar.

Men keyin qaytib joyimga bordimda, yana Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib, u zotga

yaqinroq turdim va avvalgi savolimni yana qaytardim. Rasululloh (s.a.v.) yana xuddi

o’sha javobni qaytardilar-da: "Ey, Harmala! Kishilar oldidan chiqib kelganingda orqangda

gapiradigan gaplardan qaysi biri senga ma'qul bo’ladigan bo’lsa, o’shani qil! Ammo

ma'qul bo’lmaydigan bo’lsa, undan o’zingni sa?la", dedilar. Shundan keyin men o’z

joyimga borib Rasululloh (s.a.v.)ning shu qisqa nasihatlarini o’ylab ko’rsam, u hamma

narsani o’z ichiga olgan purma'no so’zlar ekanini bildim", dedilar.

223-224-hadislar mazmuni 222-hadisning mazmunan takrori, ammo bu hadis Salmon

Forsiy (r.a.)ning Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)dan qilgan rivoyat qiladilardir.

115-bob. Yaxshi hisoblangan ish sadaqa bo’ladi, degan hadis haqida

225. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)

"Yaxshi deb hisoblanadigan har bir ish sadaqa bo’ladi", dedilar".

226. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Har bir musulmon kishi sadaqa

qilishi kerak", dedilar. Sahobiylar: "Sadaqa qilishga qodir bo’lmasachi?" - deb so’rashdi.

"Sadaqa qilishga qodir bo’lmasa ishlaydida, o’ziga ham foyda va undan boshqa faqir

miskinlarga ham sadaqa bo’ladi", dedilar. Sahobiylar yana: "Ishlashga ham qurbi

yetmasachi?" - deyishdi. "U vaqtda muhtoj va mazlum kishiga qo’li yoki tili bilan yordam

www.ziyouz.com kutubxonasi 38

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!