19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

105-bob. Alloh va xo’jasining haqini o’tagan qul

208. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:

"Musulmon bir qul Allohning va xojasining haqini halol o’tagan qulga ikki karra mukofot

bordir".

106-bob. Qulni nima deb chaqirish kerak?

209. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech

biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va hamma

ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa

durustdir", dedilar".

107-bob. Qul xujasiga nima deb xitob qilsin?

210. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Raslulloh (s.a.v.): "hech bir

kishi qulim va cho’rim deb aslo aytmasin, qul ham xo’jasini rabbim (tarbiyachim)

demasin. Xo’ja ularni yigitim, qizim deyishi va qul esa xo’jam demagi kerak. Chunki

haqiqiy tarbiyachi Alloh taoloning o’zidir", dedilar".

211. Mutarrif rivoyat qildilar: "Otam shunday dedilar: "Men Bani Omir qabilasining

vakillari bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Shunda hamrohlarim Rasululloh

(s.a.v.)ga: "Siz bandalarning sayyidi, xo’jasisiz", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.):

"haqiqiy sayyid Alloh taolodir", dedilar. Ular yana: "Siz ortiqlikda hammamizdan

afzalroqdirsiz va ehson qilishda ham hammamizning ulug’rog’imizsiz", deyishdi. Shunda

Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar menga o’zlaringizning oddiy gapingizni gapiravering. Shayton

sizlarni o’z yo’liga yurgazib ketmasin", dedilar".

Rasululloh (s.a.v.) nihoyatda tavozeli bo’lganlari uchun arablarning "Sayyiduna va

Mavlono" deydigan va O’rta Osiyo xalqlarining "Taqsir, janoblari" kabi hurmat tariqasida

aytadigan gaplarini o’zlariga aytilishini istamas va shunlay muomala qilmaslikni

ummatlariga ham o’rgatmoqchi edilar.

108-bob. Er xonadonning muhofazakoridir

212-hadis 206-hadisning aynan takrori, bu hadisni imom Muslim ham naql qigan.

213. Molik ibn Huvayris (r.a.) aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldikda,

yigirma kecha turib qoldik. hammamiz deyarli tengdosh yigitlar edik. Rasululloh (s.a.v.)

bular o’z vatani, qavm-qarindoshlarini sog’inib qolgan bo’lsa kerak, deb bizdan

yurtimizda qolgan qavm-qarindoshlarimiz haqida so’radilar. Vatanimizda qolgan

oilalarimiz haqida Rasululloh (sa.v.)ga aytib berdik. Rasululloh (s.a.v.) muloyim va

marhamatlik kishi edilar. "Endi o’z qavm-qarindoshlaringiz oldiga borib, ularga

bilganlaringizni o’rgating, namozni mendan ko’rganlaringizdek qilib o’qinglar.Namoz

vaqti kelganda, bittangiz azon ayting va yoshda kattaroqlaringizdan biri imom bo’lsin,

dedilar".

Yoshi kattaroq bo’lgan kishi ilmda va qiroatda boshqalardan kam bo’lmagan taqdirda

www.ziyouz.com kutubxonasi 36

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!