19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

Hz. Umarning bu so’zlarini eshitgan Safvon: "Vallohi, biz qullar bilan taom yemakdan

tortinmaymiz, lekin o’zimizga va ularga ham yetadigan yaxshi taomni topa olmaganimiz

uchun ularni chaqira olmaymiz", dedilar".

103-bob. Qul xo’jasiga yaxshi xizmat qilsa...

202. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qaysi bir qul

o’z xo’jasiga xayrixoh bo’lish bilan birga Alloh taologa itoatni yaxshilab bajarsa, ikki

barobar ajrga ega bo’ladi", dedilar".

203. Xurosonlik bir kishi Omir Sha'biy (r.a.)ga: "Bizlar o’z oramizda bir kishi o’zining

ummu valadini ozod qilib, keyin uni o’ziga xotin qilib olsa, harami sharifga hadya qilib

yuborgan tevasini o’zi mingan kishidek bo’ladi, deb gapirib yuramiz", dedi. Shunga javob

tariqasida Omir: "Menga Abu Burda (r.a.) o’z otalaridan rivoyat qildilar, inchunun

Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Uch toifa kishilar bor, ularga ikki barobardan ajr

beriladi: birinchisi, axli kitoblardan bo’lgan kishiki, o’z payg’ambari va Muhammadga

ham imon keltirgan bo’lsa, ikkinchisi, birovning ixtiyorida bo’lgan qul, u Alloh taoloning

haqini ham, o’z xo’jalarining haqini ham ado qilgan bo’lsa, uchinchisi, o’zi jinsiy aloqa

qilib yurgan cho’risiga odob va ilm o’rgatib yaxshi odoblik, yaxshi ilmlik qilgandan keyin

uni ozod qilib, o’ziga xotin qilib olgan kishi", degan edilar, deb xabar qiladi. Shu hadisni

rivoyat qilgandan keyin Omir Sha'biy u kishiga qarab: "Mana bu hadisi sharifni biz senga

hech narsasiz quruqdan-quruqqa aytib berdik. Bundan kichikroq hadisni bilib olish uchun

kishilar Madinagacha biror narsaga minib borardilar", dedilar.

Ummu valad - o’z xujasidan bola orttirgan cho’ri.

Harami sharifga borish uchun niyat qilib ehrom bog’lagandan keyin bir uzr bilan bora

olmay qolsa, bir jonliq molni hadya qilib u yerga yuborishi kerak. Lekin uni minib emas,

balki haydab, yetaklab olib boriladi.

204. Abu Muso (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini rivoyat

qildilar: "Rabbiga qulligini go’zal tarzda ado etgan kishiga, o’z xo’ja-sining molini saqlab,

unga itoat etgan qulga ikki karra mukofot bordir".

205-hadis 204-hadisning takrori bo’lib, faqat u Abu Burda (r.a.)dan rivoyat qilingan.

104-bob. Qul xo’jasining molini saqlovchidir

206. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):

"Hammalaringiz o’z qaramog’ingizdagilarni muhofaza qiluvchilarsizlar va qiyomat kuni

o’shalar uchun javobgardirsizlar. Masalan, odamlarga posbon bo’lgan amir fuqarolari

uchun, har bir kishi o’z xonadoni uchun, qul esa o’z xo’jasining moli uchun javobgardir:

ogoh bo’lingizlar, hammangiz muhofazakor va muhofaza lozim bo’lgan narsalarning

barchasi uchun javobgardirsizlar", deganlar".

207. Abu Hurayra (r.a.): "Qaysi bir qul o’z xo’jasiga itoat qilsa, u albatta Alloh paologa

itoat qilgan bo’ladi. Unga osiy bo’lsa, Alloh azza va jallaga ham osiy bo’lgan bo’ladi",

dedilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi 35

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!