19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

o’ynashib o’tirgan edi. Cho’rini Rasululloh huzurlariga olib kelib: "Yo Rasulalloh! Cho’ri

sizning chaqirganingizni eshitmadim. deb qasam ichayapti", degan jumlani qo’shdilar.

185. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s a v.): "Kim kimni ursa yoki nimani ursa,

qiyomat kuni undan qasos olinadi", dedilar".

186-hadis 185-hadisning aynan takrori.

95-bob. Qullarni o’zingizdek kiyintiring, degan hadis haqida

187. Uboda ibn Somit aytdilar: "Men otam Valid ibn Uboda bilan ilm talab qilib

ansorlarning mana shu ovuliga chiqdik. Bu voqea ularning halok bo’lishidan ilgari bo’lgan

edi. Shunda birinchi yo’liqqan kishi Rasulullohning sahobiylaridan bo’lgan Abul Yusr

(r.a.) bilan uning yonidagi quli bo’ldi. Abul Yusr burda bilan muofira kiygan va quli ham

aynan shunday kiyingan edi. Men: "Ey, amaki! Unga maofiringizni bersangiz yoki uning

maofirini olib o’zingizdagi burdani unga bersangaz, har ikkovingizda ham bir juftdan

kiyim bo’lardiku", dedim. Shunda Abul Yusr boshimni silab: "BarakAlloh", dedilarda:

"O’g’lim! Mening shu ikki ko’zim Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rgan va qullaringizga o’zingiz

yegan taomdan yediring va o’zingiz kiygan kiyimdan kiydiring, degan so’zlarini shu ikki

qulog’im eshitgan va ko’nglim uni o’ziga joylagan. Men bu qulimga dunyo matolaridan

berganim qiyomat kuni u savoblarimni olib qo’yganidan yaxshiroqdir", dedilar".

Burda - kishi ustiga tashlab yuradigan yo’l-yo’l kiyim yoki to’rtburchak ma'nosida va

maofira Yamandagi Maofir degan qabilaga mansub bo’lgan bir xil kiyimdir (t.).

Ya'ni bu kiyimlarning narxi - qiymatida farq bo’lmasa ham birimizda bir xil, ikkinchimizda

boshqa xil bo’lgani uchun qulimning ko’ngliga kelmasin, agar u bu ishimni ko’ngliga og’ir

olsa, qiyomatda men Alloh oldida javobgar bo’lib qolishimdan qo’rqib shunday qildim,

demoqchi bo’lsalar kerak .

96-bobdagi 188-hadis mazmuni va 96-bobdagi 189-hadis mazmuni ham 186-hadisda

o’tdi. Faqat bu hadislarda Rasululloh (s.a.v.)ning "Sizlar ularga og’ir keladigan ishlarni

buyurmang", degan so’zlari keltirilgan. 188-hadis Jobir ibn Abdullohdan, 189-hadis

Murur ibn Suvayddan rivoyat qilingan.

97-bob.Qullarga yordam berish haqida

190. Bir sahobiydan rivoyat qilinishiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat

qilgan ekanlar: "Qullaringiz sizlarning qardoshlaringizdir. Ularga yaxshilik qiling.

Kuchingiz yetmagan ishlarda ulardan yordam oling va ularning ham kuchlari yetmagan

ishlarda yordam bering".

191. Abu Hurayra (r.a.): "Ishlovchi kishiga o’z ishidan (kelgan hosildan) yordam

qilganlar, chunki Alloh uchun ishlayotgan kishi umidsiz qolmasin", dedilar.

98-bob. Qullarga kuchi yetmaydigan ish yuklanmasligi haqida

192. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat

qilmishlar: "qulning yemak-ichmagi va libosi xojasining zimmasidadir. Qul esa, kuchi

yetmaydigan ishni bajarishga majbur emas".

www.ziyouz.com kutubxonasi 33

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!