19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

yuziga urdinga, bizlar yetti aka-uka bo’lib, xizmatimizda bittagina cho’ri bo’lgan edi.

Uning yuziga qaysi birimiz bir shapaloq urganda Rasululloh (s.a.v.) u cho’rini ozod qilib

yuborishni buyurdilar", dedi".

177. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan:

"Kim o’z qulining yuziga ursa yoki qilmagan gunohi uchun unga tanbih bersa, bu ishining

kafforoti o’sha qulni ozod qilishdir", degan so’zlarini eshitdim, dedilar".

178. Muoviya ibn Suvayd rivoyat qildilar: "Bir qulimiz bor edi. Men uning yuziga urgan

edim, u qochdi.Otam meni ham, uni ham chaqirib, qulga shunday dedi: "Gapning qisqasi

shulki, biz Muqarrin o’g’illari yetti birodar edik va bizning birgina qulimiz bor edi,

birodarlarimizdan biri uning yuziga shapaloq tortib yubordi. Rasululloh (s.a.v.) bundan

xabar topib shunday marhamat qilgan edilar: "Ularga ayting, qulini ozod qilib

yuborsinlar". Ul zotning bu gaplarini eshitgan ashoblar: "Yo Rasululloh! Ularning shu

birgina xizmatchisi xolos, boshqa xizmatchilari yo’q", deyishdi. Shunda Rasululloh

(s.a.v.): "Mayli, u holda uni ishlataversinlar, ammo uning ishiga ehtiyojlari qolmagach,

albatta, ozod qilsinlar", demishlar".

179-hadis yuqoridagi hadisning takrori. ammo bu hadis Sho’badan rivoyat qilingan.

180. Zazan ibn Umar aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzurlarida edik. Bundan

bir necha kunlar ilgari bir sabab bilan kuyib qolgan qulini chaqirdi. Kuylagini ko’tarib

kuygan joyini ko’rdi va: "Ancha azoblandingmi?" -deb so’radilar. "Ha", dedi qul. Shundan

keyin Abdulloh qulni ozod qildilar.So’ngra yerdan oir cho’p olib, bu qulni ozod qilishdan

men uchun mana shu chup og’irligida ham savobi yo’q, dedi. Men u kishidan: "Ey, Abu

Abdurrahmon! Nega bunday deyapsiz deb so’radim. Ibn Umar (r.a.): "Men Rasululloh

(s.a.v.)ning: "Kimningki quli ish paytida badanidan jarohat olsa yoki xojasi uning yuziga

ursa, o’sha qulni ozod qilsin", deganlarini eshitganman".

94-bob. Qulning qasos olishi haqida

181. Ahmad ibn Yasir (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Kim o’z quliga zulm qilib uni

noo’rin ursa, qiyomat kuni albatta undan qasos olinadi", dedilar.

182. Abu Layla rivoyat qildi: "Salmon Forsiy (r.a.) uyidan chiqdi. Og’ilxonaga qarasaki,

mollarga yetarli yem berilmagan. U qulini chaqirib: "Agar men oxiratdagi qasosdan

qo’rqmaganimda senga tanbih bergan bo’lardim", dedi".

183. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kuni

zimmangizdagi haqni albatta o’z egalariga topshirasizlar, hatto shoxsiz qo’y uchun

shoxlik qo’ydan ham o’ch olinadi", dedilar.

184. Ummu Salama ummul-mo’minin (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) u

zotning navbatida uylarida bo’lib, o’zlarining cho’rilari yoki Ummu Salamaning cho’risini

chaqirdilar. Cho’ri (darhol kelmay) ta'xir qilgani uchun Rasulullohning muborak yuzlarida

g’azab alomati ko’rindi. Shunda Ummu Salama (yo’lakdagi) parda tomonga bordilar,

cho’ri o’sha yerda o’ynab o’tirgan edi. Rasululloh (s.a.v.) qo’llaridagi misvokni ko’rsatib:

"qiyomat kunida o’ch olish xavfi bo’lmaganda edi, men seni shu misvok bilan urgan

bo’lardim", dedilar. Muhammad ibn Hasan bu hadisga: "Cho’ri bir uy hayvoni bilan

www.ziyouz.com kutubxonasi 32

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!