19.05.2021 Views

Al-Adab al-Mufrad [@kitob_nuri]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy

uni nasyaga almashtirib kelganda, Abdulloh uni qamchin bilan urib: "hozir qaytib borib,

pulning o’zini menga qaytarib olib kel!" - dedilar".

Shariati islomiya hukmida oltinni kumushga yoki kumushni oltinga almashtirlisa ikkalasi

naqd va qo’lma-qo’l berilishi shart. Aks holda bu ish ribo hisoblanadi.

171. Abu Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men o’zimning gulomimni urayotgan edim, shu paytda

orqamdan: "Ey, Abu Mas'ud! Bilib qo’yki, Alloh taoloning senga qodirligi sening qulingga

qodirligingdan albatta zo’rroqdir", degan ovozni eshitdim. Bunday qarasam ovoz egasi

Rasuli Xudo ekanlar. Shu onda men: "Yo Rasululloh! Allo? taoloning rizosi uchun bu

gulomimni ozod qildim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Agar buni ozod qilmaganingda, seni

albatta do’zax o’ti kuydirar edi", dedilar".

91-bob. Birovni yuzi qora bo’lsin, deb qarg’amaslik haqida

172. Abu Hurayra (r.a.) Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.:

"Falonchining yuzini Alloh hunuk qilsin, deb duoibad qilmanglar", dedilar".

173. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Hech kimni Alloh taolo yuzingni va mening yuzimga

o’xshagan yuzni xunuk qilsin, deb aslo duoibad qilma, chunki Alloh taolo Hz. Odam

(a.s.)ni ham o’z suratida yaratgandir".

Bu "o’z suratida" degan ibora manosida ulamolar har xil fikr bildirganlar. Bazilar

suratdan murod sifatdir, ya'ni Allohning sifatlaridan bazisi: bilish, ko’rish, eshitish kabilar

Odam (a.s.)da va uning avlodlarida ham bor. Shuning uchun "Sening yuzishta o’xshagan

yuzga ham" deganida, Alloh taologa qarata aytgan bo’ladi, deb talqin qilsalar, ba'zilar

"(O’z surati) deb Odam (a.s.)ning suratini iroda qilgan, u vaqtda Odam (a.s.)ni duoibad

qilgan bo’ladi", deydilar. Bu haqda yana boshqa e'timodli manbalarga murojaat qilish

mumkin .

92-bob. Yuzga urmaslik haqida

174. Abu Hurayra (r.a.) Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.):

"Qaysi biringiz o’z qulini ursa, yuziga ehtiyot bo’lsin", dedilar".

Yuzda ko’zga tashlanadigan nozik a'zolar bor, ularga musht tegsa inson aybli va xunuk

bo’lib qoladi.

175. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) belgi qilish uchun yuziga

tamg’a bosilgan bir hayvon yonidan o’tib qoldilar. Uning ikki burun teshigidan tutun

chiqayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) "Shu ishni qilgan kishiga Alloh taoloning

la'nati bo’lsin! Hech kim biron maxluqning yuziga tamg’a bosmasin va yuziga urmasin",

dedilar".

93-bob. Kim qulining yuziga ursa, uni ozod qilsin

176. Bilol ibn Yasof (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) hovlisida kiyimbosh

sotayotgan edik. Bir cho’ri qiz chiqib bir kishiga nimanidir gapirdi, u kishi cho’rining

yuziga bir shapaloq urdi. Shunda Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) unga qarab: "Cho’rining

www.ziyouz.com kutubxonasi 31

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!